Qashqadaryo viloyatida inkubatsiya dasturiga qabul boshlandi

IT Park Qashqadaryo viloyati Inkubatsiya markazlarida inkubatsiya dasturiga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Loyiha maqsadi – startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarning treninglari hamda maslahatlari orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan.

Uch oy ichida ishtirokchilar o‘z biznes-g‘oya va uning asosida biznes-rejalarini ishlab chiqib, startapni bozorga chiqarishga tayyorlashlari mumkin bo‘ladi.

Inkubatsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• mentor (murabbiy) yordami;

• IT-mutaxassislar hamda ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan seminarlar;

• musobaqalar;

• networking;

• taqdimotga tayyorgarlik;

• loyihangizni taqdim etish orqali sarmoya jalb qilish imkoniyati!

Dasturda ishtirok etish bepul. Trening 3 oy davom etadi. Hujjatlar 4-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola bo‘ylab o‘ting:

https://forms.gle/1GpdYsYzdEidRUVBA

2022-05-18