QIZIQISH BILDIRISH BO‘YICHA SO‘ROV (MASLAHAT XIZMATLARI — YAKKA TARTIBDAGI MASLAHATCHILARNI TANLASH)

Davlat: O‘zbekiston Respublikasi

Loyiha: O‘zbekistonda raqamli inklyuziya loyihasi

XRA krediti: 7425-UZB

Topshiriq nomi: Marketing bo‘yicha mutaxassis

Paket raqami: UZ-DIP-417626-CS-INDV

 

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki (IT Park) O‘zbekistonning raqamli inklyuziya loyihasi uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan (IDA) moliyalashtirish oldi va hozirda bu mablag‘ning bir qismini marketing bo‘yicha mutaxassis — yakka tartibdagi maslahatchi yollashga sarflashni rejalashtirmoqda.

 

Maslahat xizmatlari (“Xizmatlar”) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Mavjud reklama va targ‘ibot kanallarining samaradorligini baholash hamda ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • Maqsadli auditoriya, raqobatchilar, bozor tendensiyalari va iste’molchilar ehtiyojlarini tushunish uchun bozor tadqiqotlarini o‘tkazish;
  • Xalqaro tadbirlarni muvofiqlashtirish va maqsadli auditoriyani jalb qilishga ko‘maklashish;
  • IT Park tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarga mahalliy OAV vakillarini jalb qilish;
  • IT Parkning PR jamoasi bilan birgalikda maqolalar va matbuot bayonotlarini tayyorlash;
  • O‘zbekistonni autsorsing yo‘nalishi sifatida ilgari surish uchun kompleks marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Marketing tadbirlari samaradorligini monitoring qilish va ularning natijadorligi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;
  • Faoliyat natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida strategiyaga zarur yaxshilanishlar va tuzatishlar kiritish;
  • IT Park strategiyasi va maqsadlariga muvofiq Loyihaning uzoq muddatli marketing rejasi va kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish;
  • IT Park va O‘zbekistonda raqamli inklyuziya loyihasining marketing faoliyatini strategik rejalashtirish va amalga oshirish.

 

Ishlarning batafsil hajmi Texnik topshiriqda keltirilgan..

 

IT Park malakali yakka tartibdagi maslahatchilarni (“Maslahatchilar”) o‘z xizmatlarini ko‘rsatishga qiziqish bildirish uchun taklif etadi.

Qiziqish bildirgan maslahatchilar xizmatlarni bajarish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (ingliz tilidagi rezyume va tavsiyanomalarni) taqdim etishlari lozim.

 

 

 

Baholash mezonlari quyidagicha:

  • Oliy malumot marketing, jamoatchilik bilan aloqalar va/yoki xalqaro munosabatlar boyicha magistratura, QS Jahon universitetlari reytingi (QS World University Rankings) boyicha eng nufuzli oliy oquv yurtlarida olingan malumot afzallik hisoblanadi;
  • Marketing, PR, jurnalistika yoki tegishli sohalarda kamida 10 yillik xalqaro tajribaga ega bo‘lish;
  • Yillik byudjeti kamida 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan marketing loyihalariga 3 yillik rahbarlik tajribasi, bunda byudjetning kamida 10 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi marketingga ajratilgan bo‘lishi kerak.
  • Davlat muassasalari/uyushmalari yoki yillik aylanmasi 30 million AQSH dollariga teng bo‘lgan davlat IT/texnologik kompaniyalarida marketing jamoalarini boshqarish bo‘yicha 3 yillik tajriba.
  • Ingliz tilini ona tili darajasida bilish, boshqa tillarni bilish esa qo‘shimcha afzallik hisoblanadi;
  • Kuchli tahliliy va strategik fikrlash qobiliyati;
  • Mukammal yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalari;
  • Raqamli marketing vositalari va platformalaridan mohirona foydalana olish;
  • Jahon ITES bozori va tendensiyalarini chuqur bilish.

Manfaatdor konsultantlar Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuvi va ishtirok etish huquqiga oid siyosatiga e’tibor qaratishlari zarur. Mazkur siyosat Jahon bankining Moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari qarz oluvchilari uchun xarid qoidalarining 2023-yil sentyabr oyida chop etilgan beshinchi nashrining (“Xarid qoidalari”) 3.14 va 3.21-bandlariga muvofiq, Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuvi hamda ishtirok etish huquqiga oid siyosatini belgilaydi.

 

Maslahatchi Jahon bankining Moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari qarz oluvchilari uchun xarid qoidalarining (2023-yil sentyabr) beshinchi nashrida bayon etilgan Yakka tartibdagi maslahatchilarni saralash bo‘yicha ochiq tanlov asosida tanlanadi. Qo‘shimcha ma’lumotni quyida ko‘rsatilgan manzildan ish vaqtida (09:00 dan 18:00 gacha) olish mumkin.

 

Qiziqish bildirish 2024-yil 20-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha quyidagi manzilga (shaxsan, pochta yoki elektron pochta orqali) yozma shaklda taqdim etilishi lozim.

 

Texnik topshiriqni olish uchun quyidagi elektron pochta manziliga so‘rov yuboring:

 

Abdulahad Kuchkarov

Ijrochi direktor

IT Park

 

100164, O‘zbekiston Respublikasi

Toshkent shahri, Mo‘minov ko‘chasi, 4/1

elektron pochta: udip@it-park.uz

2024-08-20