“Robotlarni noldan modellashtirish” mavzusida onlayn mitap

26-yanvar kuni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) IT Park rezidenti “AMC Bridge” global IT kompaniyasi “Robotlarni noldan modellashtirish” mavzusida onlayn mitap o‘tkazadi.

Uchrashuv spikeri – AMC Bridge texnik loyihasi menejeri Veronika Demedetska boʻladi, u virtual makonda robotlarni noldan modellashtirish haqida soʻzlab beradi.

Meetup ishtirokchilari kolliziyalarni aniqlash, harakatni rejalashtirish, teskari kinematika, 3D-nigoh tizimlari, 3D-piking va boshqalar kabi tushunchalar bilan tanishadilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar zamonaviy sanoat robotlari, shuningdek, noldan sanoat robotlarini modellashtirish tizimini yaratish uchun zarur boʻlgan narsalar haqida batafsil bilib olishadi.

Sessiya dasturchi-muhandislar, robot-dasturchilar, sanoat robotlarini modellashtirish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan talabalar, shuningdek, robototexnika va sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarga qiziqqan har bir kishi uchun qiziqarli bo‘ladi. 

Tadbir ingliz tilida oʻtkaziladi, ishtirok etish bepul.

Ishtirok etish uchun arizalar 25-yanvargacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi:

https://bit.ly/3XeP3vm

Mitapga havola tadbir kuni roʻyxatdan oʻtish formasida koʻrsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.

Spiker haqida:

Veronika Demedetska 14 yildan beri “AMC Bridge”da faoliyat yuritadi. Kichik .NET dasturchisi lavozimida ish boshlaganidan soʻng, u texnik ekspert va loyiha menejeri darajasigacha koʻtarildi. Veronika asosan 3D grafika, robototexnika, modellashtirish va CAD yoki CAM tizimlari bilan ishlaydi.

AMC Bridge – 1999-yildan beri oʻz mijozlari uchun raqamli transformatsiyani taʼminlaydigan global dasturiy taʼminot konsalting kompaniyasi. “AMC Bridge” muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalariga xizmat koʻrsatadi. Kompaniyaning innovatsion yechimlari qurilish, mashinasozlik, samolyotsozlik, arxitektura va robototexnika sohalarida qo‘llaniladi.

Kompaniyaning shtab-kvartirasi AQShda joylashgan. Shuningdek, “AMC Bridge” O‘zbekiston, Polsha, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va Yaponiyada taqdim etilgan. Kompaniyaning 800 ga yaqin xodimi masofaviy ravishda yoki uning ofislaridan turib ishlashlari mumkin.

2023-01-18