Rossiya delegatsiyasining IT Parkʼga tashrifi

2023-yilning 26-aprel kuni IT Park Uzbekistanga Penza viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri Almaz Xamitovich Hakimov va Xanti-Mansi avtonom okrugi axborot texnologiyalari va raqamli rivojlanish departamenti direktori Pavel Igorevich Tsiporin tashrif buyurishdi.

Tashrifning maqsadi taʼlim sohasida hamkorlik qilish va axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.

Mehmonlarni IT Park direktori orinbosari Fayzulla Aripjanov, Rezidentlarni royxatdan oʻtkazish va monitoring qilish departamenti boshligi Lazizbek Xudayev, Xalqaro aloqalar boʻyicha investitsiya boʻlimi bosh menejeri Dildora Nasibullayeva kutib olishdi.

Mehmonlar IT Park faoliyati bilan tanishtirildi. Fayzulla Aripjanov IT Park rezidentlik dasturi haqida gapirib, talim sohasidagi umumiy malumotni berdi, shuningdek, Ozbekistonda IT industriyasini rivojlantirishda IT Parkʼning orni haqida soʻzlab berdi.

Almaz Hakimov Ozbekistonning respublika IT sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi alohida muvaffaqiyatlarini takidladi, shuningdek, zamonaviy jamiyatni rivojlantirish maqsadida yoshlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi. 

O‘z navbatida Pavel Tsiporin IT Park rezidentlariga berilgan soliq imkoniyatlari va imtiyozlariga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv IT Park bo‘ylab ekskursiya va kovorking maydoniga tashrif bilan yakunlandi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

2023-04-28