Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligi vakillarining IT-Parkga tashrifi

2020-yil 14-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi IT-Parkga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasidagi yosh tadbirkorlar oʻzlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirishlariga imkon yaratadigan IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida gapirib berildi.

Mehmonlarimizning taʼkidlashicha, yoshlar tadbirkorligi – xalqaro maydonda davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bu sohada Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik istiqbolli boʻladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Rossiya-Oʻzbekiston yoshlar biznes-inkubatorini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xalqaro yoshlar biznes-inkubatorlari faoliyati doirasida allaqachon Xitoy, Belarusiya, ShHT mamlakatlari kabi mamlakatlar qamrab olingan.

Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligi – Rossiyada davlat xizmatlarini koʻrsatish va yoshlarga oid davlat siyosati sohasida davlat mulkini boshqarish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi ijro etuvchi hokimiyatning federal organidir. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligining vazifasi yoshlarning oʻzini namoyon qilishi va buning natijasida yoshlarning jamiyatdagi innovatsion salohiyatini samarali amalga oshirishi uchun maksimal darajadagi imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

2020-01-15