Rossiyadagi “KUKA” nemis kompaniyasi vakillari IT Park’ga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 8-aprel kuni IT Park’da Rossiyadagi “KUKA” nemis kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.




Uchrashuvda IT Park xalqaro faoliyat rahbari o‘rinbosari Bohodir Ayupov, Raqamli transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Filippova Anastasiya, mobil robototexnikani rivojlantirish bo‘yicha menejer Azamat Qarahanov va boshqalar ishtirok etishdi.


Uchrashuv davomida hamkorlikning mumkin bo‘lgan variantlarini, xususan, O‘zbekiston ta’lim sohasiga robotexnika sanoatini joriy etish va ommalashtirish, mahalliy sanoat kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, robototexnika laboratoriyalarini ishga tushirish, kollejlarda o‘quvchilarga robotexnikani o‘qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda robototexnika bo‘yicha turnirlar tashkil etish masalalarini muhokama qilindi.




Uchrashuv yakunida ikkala tomon hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun ko‘plab o‘xshash nuqtalarni topishdi. Yaqin kunlarda hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlari, o‘zaro aloqa o‘rnatish rejasi va bosqichlari muhokama qilinadi.



Ma’lumot uchun:
“KUKA” avtomatizatsiya sohasida 14 000 ta xodim va 3,2 milliard evro mablag‘ga ega xalqaro konsern hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Augsburgda joylashgan. KUKA dunyo bo‘ylab avtomatizatsiya uchun intellektual yechimlarni yetkazib beruvchi yetakchi konsernlardan biri sifatida xaridorlarga robotlardan tortib avtomatlashtirilgan zavodlargacha va ularning quyidagi tarmoq tuzilishlarini taqlif qiladi: avtomobilsozlik, elektronika sanoati, umumiy sanoat (General Industry), iste’mol tovarlari, elektron tijorat/ chakana savdo (E-Commerce/Retail) va sog‘liqni saqlash.


 

2021-04-09