Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi “One Million Uzbek Coders” doirasidagi “Eng yaxshi 100 oʻqituvchi”

Joriy yilning iyul oyida IT Parkʼning Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi filiallarida One Million Uzbek Coders loyihasi doirasida «Eng yaxshi 100 oʻqituvchi» tanlovida ishtirok etgan informatika oʻqituvchilarini taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida IT Park tashabbusi bilan «Informatika va axborot texnologiyalarining eng yaxshi 100 oʻqituvchisi» tanlovi tashkil etildi.

Joriy yilning iyul oyida Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida «Eng yaxshi 100 oʻqituvchi» roʻyxatiga kiritilgan informatika va axborot texnologiyalari oʻqituvchilarini taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlov natijalari informatika oʻqituvchilarining «One Million Uzbek Coders» dasturidan 4 ta yoʻnalishda – maʼlumotlarni tahlil qilish, frontend-dasturlash, full stack-dasturlash va Android bazasida mobil dasturlash kabi yoʻnalishlarda oʻqigan talabalari soni aniqlandi.

Samarqand viloyati

Oʻqituvchilarni taqdirlash marosimi joriy yilning 24-iyul kuni IT Parkʼning Samarqand filiali binosida boʻlib oʻtdi. Samarqand viloyatining «Eng yaxshi 100 oʻqituvchi» roʻyxatiga 6 ta informatika va axborot texnologiyalari oʻqituvchilari kiritilgan boʻlib, ularga 4,9 million soʻm miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi boshligʻi D. Xoʻjamberdiev, Samarqand viloyati Xalq taʼlimi vazirligining viloyat boshqarmasi boshligʻi Z. Shodieva hamda IT Parkning Samarqand filiali xodimlari ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati

24-iyul kuni IT Parkʼning Buxoro filialida «Eng yaxshi 100 oʻqituvchi» roʻyxatiga kiritilgan 6 ta informatika va axborot texnologiyalari oʻqituvchilariga pul mukofotlari topshirildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi A. Yaxshiyev, Xalq taʼlimi vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari F. Qurbonov, shuningdek, IT Park Buxoro filiali xodimlari tadbirning asosiy ishtirokchilari boʻlishdi.

Jizzax viloyati

IT Parkʼning Jizzax filialida Jizzax viloyatidan boʻlgan ikkita informatika oʻqituvchisi taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Qurbonov, Xalq taʼlimi vazirligining viloyat boshqarmasi boshligʻi D.Sadriddinova, shuningdek IT Park Jizzax filiali direktori N. Muxitdinova ishtirok etdilar.

Xulosa qilib shuni taʼkidlash kerakki, bunday tanlovlarning oʻtkazilishi mamlakatda malakali IT mutaxassislari va informatika oʻqituvchilari sonining koʻpayishiga turtki beradi. «One Million Uzbek Coders» loyihasi bu bilan cheklanib qolmasdan, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar dunyosidagi tendensiyalar toʻgʻrisida aholining xabardorligini yanada oshirishga eʼtibor qaratadi.

2021-07-29