Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “SIES Startups” nomli tanlovini e’lon qildi!

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Samarqandda joylashgan IT Park filiali bilan hamkorlikda Samarqand OTMlari talabalari uchun “SIES Startups” nomli tanlov tashkillashtirmoqda.

Tanlov Samarqand OTMlari talabalari tomonidan texnologik startapni yaratishga qaratilgan.

Tanlovda qatnashish tartibi:

- onlayn ariza to‘ldirish;

- mutaxassislar uchun taqdimot yaratish.

Eng maqbul startap g‘oyalarning egalari Samarqand Iqtisodiyot va Xizmat Instituti tomonidan taqdirlanadi, shuningdek, ular ushbu universitetdagi Samarqand IT Park filialiga tegishli inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida bepul ta’lim olish baxtiga sazovor bo‘ladi.

Qolaversa, ushbu tanlov doirasida Samarqandda joylashgan IT Park filiali Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolaydi. Bu esa ushbu OTM talabalariga IT Park filialida amaliyot o‘tashga va tashkilot faoliyatida faolroq qatnashishga imkon yaratadi.

Arizalar qabuli va istiqbolli loyihalar tanlovi yakunlangandan so‘ng, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan talabalar ikki kunlik Bootcamp’dan o‘tadilar. Bootcamp doirasida mentorlar ularga loyihalarini amalga oshirishda yordam beradi va ularni Pitch Day’ga tayyorlab boradi.

Mentorlar:

Buxorodagi IT Park filialida startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy menejer - Abdulaziz Suyarov;

KOICA startaplari va IT sohasi bo‘yicha volontyor-mentor - Leye Jeong Joon.

Pitch Day davomida talabalar o‘zlarining loyihalarini taqdim etadi. Ularning orasidan eng yaxshilari Buxorodagi IT Park filialida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida bepul ta’hsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Arizalar 15 fevralgacha qabul qilinadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSelAJF_mh8jTAmChsps6Dm7crkSx6nuSzUi9sRC24BkOc4g1Q/viewform?usp=sf_link

 

2021-01-24