Hurmatli rezidentlar,
Sizlarga shuni maʼlum qilamizki, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish maqsadida IT-kompaniyalarni izlash toʻgʻrisida soʻrov qabul qilindi.
Davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/3646584.
Yanada batafsil maʻlumot va savollar yuzasidan +998 91 559-64-46 (Raxmonov Azim) bilan bogʻlanishingizni so'raymiz.
Hurmat bilan,
IT Park Direksiyasi
2020-08-05