Samarqand yoshlari uchun innovatsion g‘oyalar hamda startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi joriy qilindi!

Samarqanddagi IT Park filiali, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikning Samarqand viloyat bo‘limi va Samarqand turizm va servis texnik maktabi ko‘magida Samarqand yoshlari uchun innovatsion g‘oyalar hamda startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturini joriy qildi.

Dastur:

- samarali innovatsion startap loyihaga ega;

- o‘z loyihasini amalga oshirishda yordamga muhtoj;

- startap sohasida nazariy va amaliy bilimlarni olishni xohlaydiganlar uchun mos keladi.

Dastur ishtirokchilari:

- Samarqanddagi IT Park filiali, Yoshlar ishlari agentligi va Samarqand turizm va servis kolleji tomonidan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida bepul ishtirok etish;

- individual mentor va trekerdan ko‘mak olish;

- seminar va treninglarda bepul qatnashish;

- loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam olish;

- loyiha uchun shartsiz moliyaviy yordam olish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.

Dastur 2021-yil 20-fevral kuni boshlanadi va 2 oy davom etadi. Dastur yakunlagandan so‘ng, ishtirokchilar loyihalarini Demo Day’da namoyish etishadi.

Eng muvaffaqiyatli loyihalar Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 1 000 000 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan subsidiyalar bilan moliyalashtiriladi.

Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Samarqand shahridagi IT Park filiali, Samarqand yoshlar agentligi va Samarqand turizm va servis kollejida amalga oshiriladigan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari bosqichlarida har bir loyihaga alohida yordam ko‘rsatiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/sBsyvihdea84A9Hz9

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2021 yil 15-fevral

Savollar bo‘yicha: +998 90 540-88-04

2021-01-29