Samarqand Davlat tibbiyot universitetida yangi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi.
Ochilish marosimida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi N.Ibragimov, IT Park direktori o‘rinbosari F.Aripjanov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.Rizayev shuningdek, boshqa faxriy mehmonlar va universitet professorlari ishtirok etdi.
Inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ta’lim dasturlari va ekspert tavsiyalari orqali istiqbolli g‘oyalarga ega startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Yangi Markazda talabalarning axborot texnologiyalari sohasini puxta egallashi, shuningdek, istiqbolli startap loyihalarini tayyorlash va ishga tushirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Unda ko‘plab mahorat darslari va treninglar o‘tkazish, istiqbolli startap-loyihalarga marketing, huquqiy yo‘nalishlarda, konsalting masalalarida hamda investorlarni jalb qilishda ko‘mak berish ko‘zda tutilgan.
2022-05-23