Samarqanddagi IT Park vakillari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida IT Park vakillari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi va tibbiyot sohasidagi startaplar to‘g‘risida muhokama olib borishdi.

Uchrashuv davomida IT Park vakillari talabalar bilan birgalikda startaplar mavzusida muhokama qilishdi, shuningdek, startap loyihalar yaratish uchun yangi g‘oyalar o‘ylab topishdi.

Ta’kidlash joizki, uchrashuvda ishtirok etgan talabalar Samarqanddagi IT Park filiali tomonidan joriy etilgan akseleratsiya dasturining ishtirokchilari hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida, talabalar o‘z OTMlarida inkubatsiya markazini ochish hamda shu kabi boshqa masalalar yuzasidan bir qator takliflar bildirishdi.

2021-02-23