Samarqanddagi Xalqaro turizm universitetida inkubatsiya markazi ochildi

2022-yil 3-fevral kuni IT Park ko‘magida 28-inkubatsiya markazi bu, safar Samarqanddagi "ipak yo'li" Xalqaro turizm universitetida ochildi.

Ochilish marosimida IT Park vakillari, Xalqarolashtirish va strategik rivojlanish bo‘yicha birinchi Prorektor Eltazarov Juliboy, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Aleksey Kylasov, Axborotlashtirishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand hududiy boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalari Rahmatov Komil va boshqalar ishtirok etdilar.

Mazkur inkubatsiya markazida talabalarning innovatsion loyihalari, xususan, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladi. Inkubatsiya markazi talabalarga o‘z startaplarini erkin amalga oshirish, mentorlar bilan ishlash va hamfikrlarni topish imkonini beradi.




 

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Oʻzbekistonning quyidagi OTMʼlarda inkubatsiya markazlari ochilgan:

 1. Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)

 2. Toshkent shahridagi Amiti universiteti

 3. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

 4. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali

 5. Toshkent moliya instituti

 6. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

 7. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

 8. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

 9. Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali

 10. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

 11. TATU Samarqand filiali

 12. Toshkent shahridagi Singapur instituti

 13. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

 14. Andijon davlat tibbiyot instituti

 15. TATU Farg‘ona filiali

 16. JIDU

 17. TATU Urganch filiali

 18. Milliy universiteti Jizzax filiali

 19. Guliston davlat universiteti

 20. Jizzax davlat pedagogika instituti

 21. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali

 22. TATU Qarshi filiali

 23. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali

 24. Namangan muhandislik-qurilish instituti

 25. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti

 26. Andijon davlat universiteti

 27. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

 28. Samarqand shahridagi Xalqaro turizm universiteti







2022-02-04