30 may – 2 iyun kunlari Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionati bo‘lib o‘tdi.
CS:GO va DOTA 2 yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan 57 nafar ishtirokchi yuqori o‘rinlar uchun bellashdi.
Ishtirokchilar turnir yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladilar. Chempionatga 1500 dan ortiq kibersport muxlislari tashrif buyurishdi.
G‘oliblar jamoasi:
CS: GO
1-o‘rin – Rossiya
2-o‘rin – Qirg‘iziston
3 va 4-o‘rinlar – Tojikiston va O‘zbekiston
DOTA 2
1-o‘rin – Qozog‘iston
2-o‘rin – O‘zbekiston
3 va 4-o‘rinlar – Tojikiston va O‘zbekiston
Chempionat doirasida O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya federatsiyalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi va boshqa mamlakatlar federatsiyalari vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Federatsiyalar rahbarlari musobaqaning O‘zbekistonda tashkil etilishi ko‘lami va saviyasini alohida qayd etib, ushbu tajribani o‘z mamlakatlarida o‘tkazilajak musobaqalarda qo‘llash niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.
2022-06-06