Seminar "GameDev'ning kelib chiqishi"

6-iyun kuni Cube of Skill kompaniyasi IT Park bilan birgalikda “O'zbekistonda GameDevning kelib chiqishi” mavzusida seminar o‘tkazadi.

Ma’ruzachi sifatida Cube of Skill asoschisi, tajribali kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi, 3D-rassom va 3D-animator Aleksandr Muxitdinov ishtirok etadi.

Sessiya ishtirokchilariga jahon oʻyin sanoati bozori nimadan iboratligi, qaysi mamlakatlar ushbu sohani rivojlantirayotgani, video oʻyinlarni qanday yaratish va buning uchun qanday mutaxassislar kerakligi haqida maʼlumot beriladi.

Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi savollarga javob oladilar:

  • o'yin ishlab chiqishda 3D qanday rol o'ynaydi?
  • 3Dni qayerda o'rganish mumkin?
  • namunali video o'yinchi kim?
  • ayni paytda Cube of Skill tomonidan qanday o'yin ishlab chiqilmoqda?

Seminar IT Parkning Toshkent filialida rus tilida bo'lib o'tadi. Ishtirok etish bepul.

Seminarga 6 iyunga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://forms.gle/WBkB1fvXAignq9Gj8

Kompyuter o'yinlari sanoati qanday ishlashini va eng mashhur o'yinlar qanday yaratilishini o'rganish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

2023-05-30