Shenchjenda faoliyat yuritayotgan nufuzli iqtisodiy barqaror kompaniyalar bilan yangi texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati va IT Park Uzbekistan vakili Guandun provinsiyasida joylashgan mamlakatning eng yirik moliyaviy va texnologik markazlaridan biri — Shenchjen shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda mahsulot va xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Hubei, Huizhou va Kashgar shaharlarining mahalliy hukumat rahbarlari bilan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalar va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida “UNICON-SOFT” va “Shenzhen T.D.S Electronic Technology Co., Ltd.” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, yangi elektron texnologiyalarni ishlab chiqish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

2025-06-18