Sirdaryo viloyatida “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Yoshlar masalalari agentligining tuman bo‘limlari hamda tumandagi raqamli texnologiyalarni o‘qitish markazlari hamkorligida “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Sardoba viloyatida o‘tkazilgan musobaqada 15 ta mahalladan 28 nafar yosh ishtirok etdi.

Musobaqa g‘oliblari:

1-o‘rin: Sevinch Keldibayeva
2-o‘rin: Botir Ibragimov
3-o‘rin: Go‘zal Otabekova

Tadbir Sayxunobod tumanida ham tashkil etildi.Unda 19 ta mahalladan jami 33 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Sovrinli o’rinlarni quyidagi shaxslar egalladi:
1-o‘rin: Ozodbek Orifjonov
2-o‘rin: Zohid Xonimqulov
3-o‘rin: Ozodbek Turg‘unov

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida bo‘lib o‘tgan musobaqada esa “A.Navoiy”, “Ko’rkam Diyor”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Bo’ston”, “Toshkent”, “Mustaqillik”, “Obod”, “Yangi hayot”, “Andijon”, “Yangi Davr”, “Yangi Toshkent” mahallalaridan faol yoshlar ishtirok etdi.

G‘oliblar:
1-o‘rin: Avazbek O‘rolov
2-o‘rin: Sardor Asadov
3-o‘rin: Dilshod Tursunov

Xovos tumanida tashkil etilgan tadbirda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar yoshlar tanlov ishtirokchisiga aylandi.

Musobaqa natijalariga ko'ra sovrinli o'rinlarni quyidagilar qo'lga kiritdi:
1-o‘rin: Javohir Muhammadqulov
2-o‘rin: Ramazon Suxbatullayev
3-o‘rin: Shamshod Olimov

Tadbir so‘ngida g‘olib va faol ishtirokchilarga sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

2022-06-20