IT Park 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha oylik bepul kurslarni ochadi. Ushbu tashabbus “Sirdaryo yosh dasturchilar – 2022” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Kurslar 2022-yil 10-fevraldan Sirdaryo viloyati IT-Markazlarida boshlanadi. Kurs davomida talabalar kompyuter savodxonligini o‘rganadilar, hamda, startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha turli vebinarlarda qatnashadilar.
Tadbir tili: o‘zbek
Savollar va kursga yozilish uchun: +99899 035 11 99
Sirdaryo viloyatidagi barcha IT-Markazlar manzillari:
– Sirdaryo tumani Sirdaryo shaharchasi, O‘zbekiston k., 131-uy.
– Sayxunobod tumani “Shodlik” MFY, Navoiy koʻchasi, 65-uy.
– Guliston tumani Dehqonobod shaharchasi, Doʻstlik MFY, Istiqlol k., 51-uy.
– Boyovut tumanlari “Ijodkor” MFY, Furqat k., 24-uy.
– Xovos tumani Tinchlik MFY, Xiyobon koʻchasi, 8-uy.
– Mirzaobod tumani Navroʻz shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi, 5-uy.
– Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi, Saxovat MFY, Tinchlik k., 1a-uy.
– Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasi, Oyqar koʻchasi, 13-uy.
– Guliston shahri Samarqand koʻchasi Yangiyer shahri “Shodlik” MFY, A.Navoiy k., 6-uy.
– Shirin shahri Buyuk Turon k., 3-uy.
2022-02-01