BPO korxonalariga sharoit yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 6-iyul kuni IT Park rahbari Farhod Zairovich Ibragimov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Guliston shahrida tashkil etilayotgan “Kodiak Express 2022” MCHJ logistika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mutasaddilarning IT Park Sirdaryo viloyati filiali faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglanib, zarur topshiriqlar berildi.
IT Park rahbari qurilayotgan BPO korxonasi hududi bilan ham tanishdi. Qayd etilishicha, korxona 1-avgustda foydalanishga topshiriladi.
Yangi BPO kompaniyasida 15 kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Yil oxirigacha ishchilar soni 45 nafarga yetkaziladi.
2022-07-07