Guliston tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park hamda viloyat hokimligi ko‘magida “Mate Logistics” nomli navbatdagi BPO-markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad – IT va logistika yoʻnalishidagi xizmatlarni Sirdaryodan turib AQSHga eksport qilishdan iborat.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy sho‘basi va tizimdagi viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbir davomida “BlueMateGroup” kompaniyasiga rezident guvohnomasi topshirildi.
Hozirda markazda 6 nafar yosh uchun yangi ish o‘rni yaratilgan. Kelgusida ularning sonini 50 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. IT-xizmatlar koʻrsatish hajmini esa yil yakuniga qadar $100 mingga yetkazish koʻzda tutilgan.
Tadbir doirasida IT Park rezidentlari va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot boʻlib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar ish faoliyati, yangi loyihalar haqida soʻzlab berildi. Shuningdek, markaz faoliyati hamda kelajakdagi aniq rejalar borasida mavjud bir qancha masala va takliflar muhokama qilindi.
2023-09-25