Sirdaryodagi IT Park filiali “Istiqbolli IT loyihalar” tanlovining hududiy bosqichini o‘tkazdi

Yoshlarni qollab-quvvatlash va ularning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 3-iyun kuni Sirdaryodagi IT Park filialida viloyat hokimligi bilan birgalikda “Istiqbolli IT loyihalar” tanlovining hududiy bosqichi tashkil etildi.

“Istiqbolli IT loyihalar” tanlovining asosiy maqsadi - yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlari va loyihalarini namoyish etish, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashdir. Ta’kidlash joizki, aynan ushbu sohada yoshlarni rivojlantirish va ularning qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.



Tadbirda iqtidorli yoshlar ijtimoiy soha, ta’lim sohasi, elektron tijorat hamda robototexnika sohasiga oid IT loyihalarini namoyish etdilar. Tadbir davomida ekspertlar yoshlarga loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berishdi.

Tadbir yakunida sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.


2021-06-08