Sirdaryodagi IT Park filialida o‘qituvchilar uchun trening bo‘lib o‘tdi

Sirdaryodagi IT Park filialida IT Park qoshidagi IT Akademiya tomonidan informatika fani o‘qituvchilari uchun trening tashkillashtirildi.

Shuningdek, treninglarda viloyatdagi IT Park rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Treningning asosiy maqsadi – bu “One Million Uzbek Coders” loyihasini informatika fani o‘qituvchilariga tanishtirish, loyihaning qanday amalga oshirilishi hamda mazkur loyiha asosida qanday qilib o‘quvchilarga samarali ta’lim berish haqida ma’lumot berishdan iborat.

Qolaversa, Sirdaryodagi IT Park filiali IT Markaz bilan hamkorlikda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga yanada qiziqtirish va ularning kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqdi.

2021-02-25