2023-yil 16-mart soat 17:00 da IT Park rezidenti boʻlgan Micros oʻquv markazida “SMM. Ijtimoiy tarmoqlarda marketing” mavzusida bepul seminar boʻlib oʻtadi.
Seminarning maqsadi – SMMni rivojlantirishning maqsadli auditoriyani kengaytirish, brend taniqliligini oshirish, kompaniyaning qarashlari va qadriyatlarini ommalashtirish, tendensiyalar va raqobatchilarni kuzatish kabi samarali va istiqbolli usullarini loyihalaringizda va turli sohalarda koʻrsatishdir.
Maʼruzachi sifatida Markaz oʻqituvchisi Samir Huseynov soʻzga chiqadi. U ishtirokchilarga quyidagilar haqida maʼlumot beradi:
• SMM nima?
• Nima uchun ijtimoiy tarmoq biznes uchun muhim?
• Ijtimoiy tarmoqlar biznes uchun qanday foyda keltiradi?
• Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi. Nega biz tayyor biznesni koʻrmayapmiz?
• Katta cheklarga erishish mumkinmi?
Taqdimotning asosiy qismi yakunida savol-javob boʻlib oʻtadi.
Seminar quyidagi insonlar uchun qiziqarli boʻladi:
• ayni damda SMM bilan bogʻliq boʻlajak faoliyat uchun yoʻnalish tanlash haqida oʻylayotganlar va bu sohada boshlangʻich koʻnikmalarga ega va ularni kengaytirishni xohlayotganlar;
• oʻz biznesini ochish va SMM-mutaxassislariga katta pul sarflamaslik haqida oʻylayotganlar;
• muayyan kompaniyada SMM mutaxassisi sifatida ishlaydiganlar;
• tadbirkor boʻlishni va SMM agentligini ochmoqchi boʻlganlar;
• ijtimoiy tarmoqlarning maʼlum bir sohasi boʻyicha mutaxassis boʻlish, ixtisoslashtirilgan konferensiyalarda chiqish, oʻz taʼlim loyihalarini amalga oshirishni istaganlar.
Seminar rus tilida olib boriladi va 40 daqiqa davom etadi. Tadbirda ishtirok etish bepul, lekin joylar soni cheklangan.
Oʻtkazilish joyi: Micros oʻquv markazi (Toshkent sh., Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 86-uy).
Ishtirok etish uchun quyidagi telefon raqamlari yoki havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin:
Telefon: (71) 207-71-35,
Telegram - https://t.me/microstraining
Havola: https://micros.uz/learning/seminars/besplatnyy-seminar-smm-marketing-v-sotsialnykh-setyakh/
2023-03-11