10-avgust kuni IT Park tomonidan Startup Central Eurasia bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Startup KPIs tool” yordamida startaplarning investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish mavzusida onlayn trening boʻlib oʻtadi.
Trening ham yosh startaplar uchun, ham rivojlanish darajasi yuqori va sarmoya izlayotgan startaplar uchun dolzarb boʻladi.
Tadbir bir necha qismdan iborat boʻladi. Treningning birinchi qismida Future Laboratory va Startup Central Eurasia bosh direktori Irakli Kashibadze “Startap Central Eurasia platformasi tomonidan taqdim etilgan startaplar uchun imkoniyatlar” mavzusida maʼruza qiladi.
Onlayn uchrashuvning ikkinchi qismida Startup Central Eurasia tahlilchisi Maksim Buryanov soʻzga chiqadi. U ishtirokchilarga nima uchun investorlar startapni rivojlantirish koʻrsatkichlariga qarashlari va Startup KPIs vositasi investor bilan bir tilda gaplashishga qanday yordam berishini aytib beradi. Ekspert shuningdek, Startup KPI kalkulyatoridan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazadi.
“Startup KPI vositalari” sessiyasi ishtirokchilari startapni rivojlantirishda ustuvor koʻrsatkichlar bilan tanishadilar, startap muvaffaqiyati koʻrsatkichlarini (ARR, MRR, LTV, CAC, Churn Rate, Retention Rate, MRR Growth Rate, Gross Margin, Burn Multiple va boshqalar) hisoblash uchun Startup KPIs vositasidan eksklyuziv foydalanish huquqiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, talabalar Markaziy Yevroosiyo mintaqasi, AQSH va Yevropa investorlari uchun startap reestriga saralanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tadbir vaqti: 17:00-19:30 (Oʻzbekistonda).
Ushbu havola orqali tadbirga roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
2022-08-01