Startup Advice: Biznesda tahlil nima va u nima uchun kerak

13-oktabr soat 17:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Biznesda tahlil mavzusida Startup Advice bolib otadi.

Tadbir spikeri Yaroslav Bondarchuk boʻladi. U Metronomo hammuassisi; analytics GigAnt boʻlimining sobiq rahbari (Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik qoʻshimcha ish marketpleysi);  Skillbox kompaniyasida marketing analytics boʻlimining sobiq rahbari (MDHʼdagi top-5 onlayn universitetlar); Retail Rocket kompaniyasida ex-Product owner (shaxsiylashtirilgan omnikanalli kommunikatsiya xizmati).

Sessiya davomida Yaroslav tahlilning qanday turlari borligi, ular qanday farq qilishi, nima uchun kerakligi va kelajakda ishga kirish uchun ularni qanday oʻrganish kerakligi haqida gapiradi.

Tadbir rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.

Sessiyaga 12-oktabr soat 12:00 gacha quyidagi havola orqali royxatdan otishingiz mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfbObrkiC0fCRfl9hm9R-AN4Rb-pQ6uz-bFuQgEwbz4ccDmsQ/viewform 

2022-10-05