Startup Advice: Zerokod yordamida MVPʼni qanday ishga tushirish kerak

11-oktyabr kuni soat 15:00 da “10 baravar arzon va 12 baravar tezroq: zerokod yordamida MVPʼni ishga tushiramiz” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.

Tadbir G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida boʻlib oʻtadi, u yerda spiker MDHʼning “Zerocoder” zerokod-dasturlash boʻyicha birinchi universiteti bosh direktori – Kirill Pshinnik boʻladi.

Sessiya davomida Kirill bozor insaydlari bilan boʻlishadi hamda startaplar va mutaxassislar qimmat dasturlashga murojaat qilmasdan o‘z ishlarida zerokoddan qanday foydalanishi mumkinligini tushuntiradi. Tinglovchilar mavjud startaplar va yirik biznes tajribasi, shuningdek, bugungi kunda nimani “zerokodlash” mumkinligi bilan tanishadilar.

Zerokoding – bu vizual dasturlash interfeysi va tayyor platforma yechimlaridan foydalangan holda koddan foydalanmasdan ishlaydigan IT mahsulotlarini yaratish usuli. Zerokod – bu global trend. Mutaxassislarning hisoblari boʻyicha, 2024-yilga kelib anʼanaviy dasturlash bilan bogʻliq barcha loyihalarning 65 foizi no-code dasturlashga almashtiriladi va 2027-yilga kelib ushbu bozor 5 barobardan koʻproq oʻsishi kutilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish bepul, tadbir tili – rus.

Sessiyaga 10-oktyabrgacha quyidagi havola orqali royxatdan otishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfktajbaNtfzNBevkTiA9ri2Uik1bqFsU4BAoZYj8_2ZAt2gQ/viewform

Shoshiling, joylar soni cheklangan!

2022-10-07