Startup Meetup: bank sohasida IT

7-fevral kuni soat 18:30da Toshkentdagi IT Park filialida “Moliyaviy sektorda IT yechimlarining asosi va rivojlanishi hamda ularning O‘zbekistonda bank biznesining rivojlanish proyeksiyasi” mavzusida Startup Meetup bo‘lib o‘tadi. Tadbir IT Park, Unique Present/Change UP va Rocket Science tomonidan tashkil etilgan.

Meetup davomida spikerlar Bankda 4 yildan ziyod vaqt avval boshlangan loyihadagi tajribalari haqida soʻzlab berishadi: 

  • superapp konsepsiyasini yagona proksi-bek orqali amalga oshirish tajribasi;
  • bankning bir nechta ichki mobil ilovalarining tarixiy muammosini ularni yagona mobil platformaga birlashtirish orqali hal qilish;
  • turli protokollar boʻyicha amalga oshirilgan biznes ilovalari va integratsiyalarni qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirish;
  • axborot xavfsizligi xizmatining  muammolarini “tashqariga chiqadigan” tizimlar sonini kamaytirish orqali hal qilish. 

Shuningdek, ekspertlar MTS Bankda investitsiya ilovasi uchun mikroservislarda backend yaratishda muammolarni hal qilish tajribalari bilan boʻlishadilar, bank ishlab chiquvchilari uchun individual kursni boshlash tafsilotlarini yoritib beradilar va oʻz jamoasi misolida yangi boshlanuvchilarni bank IT infratuzilmasining murakkab va muhim tizimlari bilan ishlashga qanday qilib xavfsiz va samarali tayyorlashni aytib beradilar.

Bundan tashqari, tinglovchilar qanday qilib E2E testlari yordamida bankdagi muhim tizimlarning ishlamay qolishi va nosozliklar xavfini sezilarli darajada kamaytirish mumkinligini oʻrganadilar, shuningdek, E2E testlari qamrovni qanday taʼminlashini va xatolarga bardoshlik muammolarini oqilona byudjet bilan hal qilishga yordam berishini bilib oladilar.

Uchrashuv ishtirokchilari noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar – aniqlangan muammolar bo‘yicha hisobot taqdim etish va rivojlanish hamda miqyoslash uchun texnik salohiyatni baholash bilan bank yechimi yoki tizimining texnik auditi.

Tadbir spikerlari quyidagilar boʻladi:

  • Rocket Scienceʼning boshqaruvchi hamkori Kirill Pivovarov. Rossiya Federatsiyasi bank bozori eksperti. Koʻplab Rossiya va xalqaro bank konferensiyalarida spiker va munozara panellari ishtirokchisi. IT sohasida 19 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan 12 yili – moliyaviy faoliyatni avtomatlashtirishda;
  • CTO Rocket Science Dmitriy Kuznetsov. Arxitektura va yuqori yuklangan bank backend dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashuv;
  • Rocket Science kompaniyasining hamkori va bosh direktori Andrey Shemetov. U IT sohasida 23 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, Rossiya bank faoliyatini avtomatlashtirishda 6 yillik tajribaga ega;
  • Tech lead, Rocket Science Stanislav Usenkov. Muhim bank yechimlarini ishlab chiqishda 5 yildan ortiq tajriba. Sovcombank xodimlari va Halva kartalarini chiqaradigan hamkor tashkilotlar uchun “Yagona mobil ilova” backend loyihasi.
  • Rocket Scienceʼning dasturlash boʻlimi boshligʻi Roman Polukoshko. 12 yillik jamoalarni boshqarish tajribasi, biznesni avtomatlashtirish va dasturlash jarayonlari auditi boʻyicha 4 yildan ortiq tajriba. “COVID davrida Rossiya Federatsiyasining moliya sektorini raqamlashtirish jamiyatning raqamli tafakkurini shakllantirishning ajralmas qismi sifatida” tadqiqoti muallifi.

Mitap rus tilida oʻtkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalarni 7-fevral soat 15:00 gacha quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfbd4JQgkzIo2q1OrtrPtTtHUqiCmGPGeEyhM_7_PWkeZ2lHg/viewform?usp=sf_link

Eslatib oʻtamiz, Rocket Science kompaniyasi 2011-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va ushbu vaqt ichida Rossiya Federatsiyasi, Isroil, Estoniya, Gruziya va Litva banklari va fintech kompaniyalari uchun 50 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirdi.

2023-02-01