Startup Meetup: Raqamli savdo vositalari

13-fevral kuni soat 18:30da IT Parkning Toshkent filialida “2023-yilda savdo va raqobat uchun raqamli vositalar: messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali samaradorlikni oshirish hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma'ruzani “Interium” raqamli agentligi bosh direktori, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va Moskva tadbirkorlar kengashi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi Valeriy Sidorenko hamda “Interium” raqamli agentligi tijorat boʻyicha direktori, PR sohasida koʻp yillik tajribaga ega Andrey Yermoshkin olib boradi.

 Mavzular:

 • ijtimoiy tarmoqlardagi transformatsiyalar: saytlar va kontentni yangilash;

 • ijtimoiy tarmoqlarning import o‘rnini bosish;

 • 2022-yilda PR va obro‘ masalalari boʻyicha boshqaruv tajribasi;

 • Xitoy bozorida reklama xususiyatlari, platformalari va qoidalari;

 • kommunikatsiyalarni rivojlantirish metodologiyasi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan reklama, inqirozga qarshi marketing, strategiyani ishlab chiqish va media makonida ishlashning samarali va kreativ vositalari koʻrib chiqiladi.

Tadbirda ishtirok etish bepul boʻlib, 13-fevral, soat 15:00 gacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

https://forms.gle/5n6wDy2uK43BDGFo9

2023-02-08