Startup Meetup: SI yordamida veb-xizmatlarni qanday yaratish kerak

9-fevral kuni soat 18:30da Toshkentdagi IT Park filialida “SI yordamida veb-xizmatlarni yaratish boʻyicha maslahatlar” mavzusida Startap Meetup bo‘lib o‘tadi.

Mitap spikeri Money Robo kompaniyasi bosh direktori An Sang-Sun (Reon An) boʻladi. Mitap davomida spiker quyidagilar haqida soʻzlab beradi:

  • Koreyada SI muxbirlar xizmatini tashkil etish holatlari asosida sunʼiy intellekt xizmatini rejalashtirish;
  • Real keyslar asosidagi dasturiy ta’minotdagi MVP prototipi;
  • Soʻnggi paytlarda eʼtiborni jalb qiladigan ChatGPTʼdan qanday foydalanish kerak.

Tadbir ingliz tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish bepul. Mitap uchun arizani 9-fevral soat 15:00 gacha quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:

https://forms.gle/R2n8e7uuFzQW5Tud9

Money Robo – bu texnologiya va maʼlumotlarni birlashtirgan kontentni bevosita yaratuvchi loyiha. Loyiha fintech, blokcheyn, qishloq xoʻjaligi va meteorologiya kabi turli sohalarda mukofotlarga sazovor boʻldi, shuningdek, soʻnggi paytlarda maʼlumotlar va sunʼiy intellekt boʻyicha treninglar oʻtkazmoqda.

2023-02-03