27-dekabr kuni soat 17:00 da “Startap uchun to‘g‘ri biznes modelini qanday tanlash mumkin” mavzusida Startup meetup bo‘lib o‘tadi.
Tadbir rus tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Meetup spikeri – Nyu-Yorkdagi “Satou Agency” marketing va kommunikatsiya agentligi asoschisi Mihriniso Nigmatullina boʻladi.
Maʼruza davomida u har qanday biznesning asosiy maqsadi – uni monetizatsiya qilish haqida gapiradi. Onlayn uchrashuv ishtirokchilari oʻz startaplari uchun to‘g‘ri biznes-modelni qanday tanlashni, shuningdek, 2023-yilda startaplar uchun eng talabchan biznes modellari qanday bo‘lishini bilib olishadi.
Ishtirok etish uchun arizalar 26-dekabrgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/HbA7i19gxMZ8wWd16
“Satou Agency” – Nyu-Yorkdagi marketing va kommunikatsiya agentligi boʻlib, kompaniyalarga xalqaro bozorga chiqishda bevosita yordam beradi.
Ular raqamli muhitda integratsiyalashgan marketingga ixtisoslashgan, mijozlarni jalb qilish boʻyicha keng qamrovli strategiyalarni yaratadilar va amalga oshiradilar, PR, Influencer Marketing va Business Development orqali brend xabardorligi va auditoriya sodiqligini oshiradilar.
Mijozlar portfoliosiga Procter&Gamble, Depositphotos, Aitarget, Backer, Sleepare va boshqa koʻplab kompaniyalar kiradi.
2022-12-19