Startup Story ruknimiz doirasida qiziqarli loyihalar bilan bo‘lishishda davom etamiz. Navbatdagi mehmonimiz — Bunyodbek Yuldashev va u asos solgan “Cashier” loyihasi.
Bunyodbek Yo‘ldoshev 42 yoshda. U “UzAutoMotors” kompaniyasida ishlaydi. Qahramonimizda “Cashier” startapini ishga tushirish g‘oyasi iste’mol tovarlari sotish bo‘yicha orttirilgan tajribasidan kelib chiqib tug‘ildi.
“Bizda tovarlarni sotish va mintaqaviy taqsimlash bo‘yicha 10 yillik tajriba bor. Kun kelib, ishda yuqori samaradorlikka erishish uchun ma’lum jarayonlarni soddalashtirish kerakligini angladim. Loyiha shu tarzda paydo bo‘ldi.”
“Cashier” — bu savdo nuqtasining kassa apparatini avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan ilova. U oflayn ham onlayn tarzda ishlaydi.
Loyiha jamoasi hozirda uch kishidan iborat: mahsulot uchun Ziyodilla, savdo uchun Ziyodxon, marketing uchun esa Bunyodbek javobgar.
Bunyodbekning so‘zlariga ko‘ra, startap barcha kichik va o‘rta biznes xodimlari uchun katta foyda keltiradi.
“Loyihamizning asosiy maqsadi KO‘B subyektlari uchun onlayn kassani avtomatlashtirish xizmatini taqdim etishdan iborat. Ilova tufayli siz do‘kondagi barcha jarayonlarni, jumladan, buxgalteriya hisobi, tovarlarni qabul qilish va iste’mol qilish, savdo tahlili va h.k.larni to‘liq nazorat qilishingiz mumkin”.
Jamoa do‘kon kassasida turgan shaxsiy kompyuter, noutbuk yoki monoblokga bemalol yuklanadigan qulay dasturni yaratdi.
“Bizning dasturiy ta’minotimizdan foydalanish oson. Foydalanuvchi uchun tuzilishi aniq, qulay interfeys, ish xizmat foydalanuvchilaridan maxsus malaka yoki oliy ma’lumotni talab qilmaydi”.
Hikoyamiz qahramoni aytishicha, sotuv va distributsiya bo‘yicha katta tajribaga qaramay, kichik bo'lsa ham, qiyinchiliklar paydo bo'ldi.
“Ba’zida loyihani o‘ylab topish oson bo‘lib tuyuladi. Ammo bevosita ishga kirishilgandan so‘ng, qog‘ozda o‘z aksini topmaydigan jihatlar ham borligi ayon bo‘ladi. Men uchun eng qiyini loyihani texnik shartlar va tizimning birinchi modullarini yozish, shuningdek, uni mijozlar ehtiyojlari nuqtai nazaridan kelib chiqib sinovdan o‘tkazish bo‘ldi”.
Bundan tashqari, Bunyodbekning soʻzlariga koʻra, har qanday startap uchun yana bir qiyinchilik zarariga ishlamaslik nuqtasiga yetishdir. Ya’nikim, bunda xarajatlar daromad bilan qoplanadi va har bir keyingi mahsulot birligini ishlab chiqarish va sotishda korxona foyda olishni boshlaydi.
Ruknimiz mehmoni, loyihani rivojlantirish rejasi birinchi bosqichda barcha viloyatlarni qamrab olishni koʻzda tutadi.
“Guruhimiz poytaxtdan tashqariga chiqib, O‘zbekistonning barcha hududlarida loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan. Endi biz investor izlayapmiz va rejani tez orada amalga oshiramiz deb umid qilamiz”.
Jamoa bu bilan toʻxtab qolmoqchi emas. Keyingi bosqich –MDH mamlakatlari.
Bunyodbek sohaga endi kirib kelayotganlarga biznesda munosib yoʻnalishlarni topa olish qobiliyatiga ega boʻlishlarini tiladi.
“Yorqin va ish beradigan gʻoyalar kerak boʻlgan koʻplab sohalar mavjud. Har kim oʻzini ushbu yoʻnalishda sinab koʻrishi mumkin. Ilk qadamni qoʻyishdan choʻchimang, biznesga erishish mumkin boʻlgan, real maqsad sifatida qarang. Uni koʻz oldingizga keltiring. Muvaffaqiyatsizlikdan tushkunlikka tushmaslik kerak. Shuni yodda tutishimiz lozimki, tadbirkorlik faqat foyda olish emas, balki hayot tarzi hamdir”.
Cashier
2022-08-13