Sturgeon Capital investitsiyalar bo‘yicha direktori bilan “The Opportunities and Challenges of Investing in Uzbek startups” mavzusida vebinar

2020-yil 19-noyabr kuni “The Opportunities and Challenges of Investing in Uzbek startups” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi.  Vebinarni xorijiy spiker, Sturgeon Capital kompaniyasi investitsiyalar bo‘yicha direktori Robin Batler olib boradi.

Vebinarda Robin O‘zbekistonga startaplarni olib kirish istiqbollari, nega O‘zbekiston sarmoya kiritish uchun yaxshi hudud ekanligi va boshqalar haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, siz O‘zbekistonning yashirin imkoniyatlari, nega bu hududga sarmoya olib kirish kerak, qaysi sohani tanlagan ma’qul va bu borada qanday xavf-xatarlar kutib turganligi haqida bilib olasiz.

Vebinar tili: inglizcha
Vaqti: 14:00 

Ma’lumot uchun: 

Sturgeon Capital - bu Kavkaz va Markaziy Osiyoda sarmoyalash bo‘yicha 15 yillik tajribaga ega Buyuk Britaniyada joylashgan xorijiy kompaniyalar aktivlarini yurituvchi kompaniya. 2020-yil mart oyida Sturgeon o‘zining “Uzbekistan Growth Equity Fund” - O‘zbekistondagi investitsiyalarga ixtisoslashgan dastlabki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro sarmoyalar fondini yo‘lga qo‘ydi. Fondning joriy investorlari ichki kapitalga qiziqish bildirganlar qatorida turfa yetakchi global institutsional investorlar guruhini o‘zida aks ettiradi. Fond o‘z sektorlarida sohalar yetakchisi bo‘la oladigan sinovdan o‘tgan biznes-model va kuchli menejmentga ega kompaniyalarni sarmoyalashtiradi.

Ishtirok etish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc3KrR0sv9aj1RB9HFlyf-j_hAMdYHe0AL-cd70eVO-EYslBA/viewform?usp=sf_link

2020-11-16