Success story: Shaharlar qiyofasini o’zgartiruvchi kasb egasi

IT Park yosh dasturchilar haqidagi qiziqarli hikoyalar ruknini davom ettirmoqda. Bugungi mehmonimiz 20 yoshli Xondamir Bektoshev. Qahramonimiz hozirda Renessans ta’lim universitetining 3-bosqichida tahsil oladi.  Mutaxassisligi boʻyicha dizayner hisoblanadi.

Qahramonimiz IT Parkning Samarqand viloyati filiali qoshidagi IT Office markazida 3D modellashtirish AutoCad + 3DsMax bo‘yicha tahsil olib, o’z faoliyatini boshlagan.

Bir yildan ortiq ish tajribasiga ega. Qisqa vaqt ichida o’z jamoasi bilan xususiy korxona ochib, 20 ga yaqin loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Xondamirning aytishicha, u ushbu sohaga qiziqishi maktab paytlarida paydo bo’lgan va tadbirkor, Tridmo.com asoschisi Abdusattor Abdurahimov orqali qat’iy ravishda kirib kelgan.

Qahramonimiz IT-sohaga kirib kelishidagi muammolar haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“Texnika yetishmovchiligi va mentorlar bilim darajasining pastligi yoki orgatuvchilarning yo’qligi kabi muammolar ortda qoldi. Hozirda hmmasi o’zimizga bog’liq. Maxsus kurslarda o’qib chiqdik ham deylik. Ish topish qiyin emas, Ammo yetarli tajriba va skills(qobiliyat) yetishmasligi eng katta muammo. Kreativ va sifatli ishlar qilmasangiz kompaniyalardan  yirik takliflar va gonorar kutish befoyda”.

Xondamirning fikricha, ta’lim olish jarayoni nazariyalar va amaliyot bilan birlashsa yuqori natijalarga erishish foizi oshadi. Shuning uchun hozirda xavaskor tarzda o’z xohishiga kora loyihalar tayyorlab portfolio to’ldirayotgani. 3-bosqichdagi o’qishlarini muvaffaqtiyatli yakunlagach, yana olingan  yangi bilimlarni amaliyotda qo’llash ishlarini boshlab yubormoqchi.

Qahramonimiz o’z ustida ishlab, jamoani yanada kuchli tarkib bilan shakllantirishga va o’z shaxsiy brendiga asos solishni orzu qiladi.

Xondamir IT soha rivoji haqida quyidagicha fikr bildirib o’tdi:

“Bu sohadagi o’zgarishlar haqida gapiradigan bo’lsam, hozirda interyer dizaynerlik sohasida raqobat kam. Yaqin 10 yillikda juda katta o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda. Bu sohaning rivoji arxitektura-qurilish sohasi bilan hamkorlikda mamlakat qiyofasini tubdan o’zgartirishga va qulayliklar yaratishga hissa qo’shadi. Kelgusida qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar umumiy tushunchalar va universal bilimlarga ega bo’lish juda muhimdir”.

Xondamir oʻzining misolida ishtiyoqi boʻlgan har qanday inson IT mutaxassisi boʻlishi mumkinligini koʻrsatib bermoqda. Asosiysi — intilish, mehnat qilish va oʻrganishga boʻlgan qiziqishdir. IT-markazlar esa ushbu maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Balki ruknimizning keyingi qahramoni siz boʻlarsiz?

2023-05-26