“IT Park”ning Jizzax viloyatidagi filiali Innovatsion rivojlanish vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax davlat politexnika instituti talabalari ishtirokida seminar tashkil etdi.
Seminarda Jizzax IT Park startap menejeri Narimanov Shohrux va Innovatsion rivojlanish vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi mutaxassisi Musurmonov Otabek ishtirok etdi.
Seminar davomida tadbir tashkilotchilari IT Park va “Aloqabank” tijorat banki hamkorligida tashkil etilgan “Aloqaventures” venchur fondi tomonidan “AloqaTechLab” korporativ akseleratori ishga tushirilgani ma’lum qilindi.
“AloqaTechLab” startap loyihalari uchun moʻljallangan. Akselerator “Aloqabank” ekotizimida tatbiq etish uchun innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni bozor tizimida ilgari surishni ko‘zda tutadi. Akseleratsiya dasturi doirasida startap-loyihalarning virtual ishtiroki formati ham mavjud. Bu format, ayniqsa, O‘zbekistonning turli hududlaridan tashkil topgan jamoalar uchun qulay, negaki ushbu format orqali onlayn tarzda ko‘mak va maslahat olish mumkin.
Tashkilotchilar korporativ akseleratorlar va startap tanlovlarida ishtirok etish tafsilotlari bilan o‘rtoqlashib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
2022-05-12