Bugun, 21-sentyabr kuni, Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kazan Digital Week – 2021” xalqaro forumi boshlandi.
20-sentyabr kuni IT Park direktori o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov boshchiligidagi IT Park delegatsiyasi “Kazan Digital Week – 2021" xalqaro forumida ishtirok etish uchun Qozonga yetib keldi.
Shuningdek, IT Park vakillari bilan birgalikda ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Realsoft, Data Site Technology, Calypso Intelligent Solutions, Genesis Innovations, Online Service Group, BePro dasturchilar Markazi, Green White Solutions, Smartchain, Exact IT, Micros Development, Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi, Tune Consulting, avtomatlashgan transport tizimi operatori va boshqalar, natijada delegatsiyaning umumiy tarkibi 40 dan ortiq ishtirokchilarni tashkil etdi.
Forum “Kazan Digital Week – 2021” - Rossiya Federatsiyasi hukumati shafeligida o‘tkaziladigan yillik tadbir, unda Tatariston, Rossiya va xorijiy mamlakatlarning IT kompaniyalari o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarini, muhandislik va savdo amaliyotlarini IT’ga qiziqqan yoshlarga, hukumat vakillari va xususiy hamda davlat tashkilotlari rahbarlariga taqdim etadilar.
Joriy yilda IT Park tashkiloti o‘z faoliyatini va rezidentlarining faoliyatini Rossiya federatsiyasi auditoriyasiga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
“Kazan Expo” ko‘rgazma zalining markazida joylashgan “IT Park” stendi yorqin, zamonaviy dizayni bilan mehmonlarni e'tiborini jalb qildi.
IT Park tashkiloti o‘zining faoliyatidan tashqari, stendda IT Park’ning rezident kompaniyalari ham o‘zlarining mahsulotlarini taqdim etishga muvaffaq bo‘ldilar.
“RealSoft” - 20 yildan ortiq vaqt davomida bozorda faoliyat yurituvchi innovatsion IT kompaniya. O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarning ishonchli texnologik hamkori bo‘lib, ular bilan birgalikda kompleks raqamli loyihalarni yaratmoqda.
“TUNE Consulting” - raqobatbardosh muhitda muvaffaqiyatli ishlash uchun axborot texnologiyalari platformalari va vositalaridan samarali foydalanmoqchi bo‘lgan mijozlarga IT yechimlarni taqdim etuvchi kompaniya. Ularning asosiy e'tibori egiluvchan yondashuv yordamida korxona jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan.
“DataSite Technologies” IT-konsalting, dizayn yechimlari, Internet-loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, veb-saytlarni loyihalashtirish va dasturlash, Internet-marketing va boshqa xizmatlarni amalga oshirish orqali uzoq muddatli asosda biznes mijozlarni qo'llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadigan kompaniya.
“Calypso Intelligent solutions” - uzoq muddatli asosda biznesni qo'llab-quvvatlaydigan va sifatli xizmatlarni: IT-konsalting, brending texnologiyalari, dizayn yechimlari, Internet-loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, Internet-marketing, saytlarni loyihalash va dasturlash, shuningdek ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish taklif qiluvchi kompaniya.
Forumning birinchi kuni tadbirning asosiy mehmoni, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovning axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar va davlat muassasalari, shu jumladan “IT Park Uzbekistan” stendi bilan tanishishidan boshlandi.
IT Park rahbari o‘rinbosari Abdulaxad Kuchkarov Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Nurgaliyevich Minnixanov, Rossiya Federatsiyasi raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Igorevich Shadayev, Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqaviy vakolatxonasi Prezidenti Chjou Dantsinga IT Park faoliyati va yutuqlari, mamlakatda axborot texnologiyalari va tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalari, shuningdek, Tatariston IT kompaniyalari bilan samarali hamkorlik qilish umidlarini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, stendimiz mehmonlari Tatariston Respublikasining turli IT kompaniyalari vakillari bo‘lishdi, ular “IT Park Uzbekistan” rezidentlari bilan suhbatlashib, hamkorlik faoliyatining kelajakdagi imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Ko‘rgazma pavilonidan tashqari forumda axborot texnologiyalari sohasining turli yo‘nalishlari mutaxassislari bilan sessiyalar o‘tkazildi. “4.0 sanoati uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish” mavzusidagi sessiyada IT Park direktori o‘rinbosari Abdulaxad Qo'chqorov so‘zga chiqdi.
U o‘z nutqida tinglovchilar bilan IT Park amal qiladigan O'zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish modeli bilan bo‘lishdi.
Chiqishni havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/i3x1qVPbzB8
Bu IT Park delegatsiyasining forumga tashrifining faqat birinchi kuni edi, va kun oxirida barcha ishtirokchilar bu yerda olishlari mumkin bo‘lgan kelajak imkoniyatlari va bilimlaridan yanada ilhom olishdi.
“Safardan umidlarimiz katta, birinchi navbatda, bu eng qimmatli narsa -tajriba almashish uchun chet ellik hamkasblar bilan tanishish, bundan tashqari, chet ellik tinglovchilarga bizning “Coozin” startapimiz haqida aytib berish istagi va, albatta, kelajakda muvaffaqiyatli loyihalar yaratish uchun xorijiy hamkorlarni jalb qilish.
Birinchi kunning yakunlanishiga shuni aytmoqchimanki, bunday katta miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etish haqiqatan ham qimmatli tajriba va bilimdir, biz ishonamizki, kelajakda biz uchun bu albatta foydali bo‘ladi, chunki atigi 1 kun ichida biz juda ko‘p qiziqarli xorijiy loyihalarni ko‘rish, tajribali IT mutaxassislarining chiqishlarini tinglash, ajoyib mutaxassislar bilan uchrashishni uddaladik. Oldinda hali forumning 3 kuni bor va biz bu faqat boshlanishi ekanligiga aminmiz”, - dedi “Calypso Intelligent Solutions” vakili Artem Arxangelskiy.
“Haqiqatan ham, bu tashkiloti bilan quvontiradigan ulkan miqyosdagi tadbir, u uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Forumda ishtirok etishni rejalashtirayotganda, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar sohasida ishlaydigan yoki ular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan chet ellik hamkorlarni topmoqchi bo‘ldik. Shuningdek, tashrifning muhim sababi tashqi bozor va iste’molchilarni, shu jumladan, bizga yaqin hududlarda mahalliy va xalqaro tashkilotlarning tajribasini o‘rganish imkoniyati bo‘ldi. Forumning birinchi kuni natijalari haqida gapirar ekanmiz, biz haqiqatan ham tajribali IT mutaxassislari bilan tanishishga, shuningdek, xorijiy tashkilotlar vakillari bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik”, - deya takidladi “RealSoft” vakili Azimjon Alimov.
Ushbu forumda IT Park va rezident kompaniyalarning ishtiroki xalqaro tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli va samarali hamkorlik qilish, shuningdek, O‘zbekistonning IT kompaniyalarini xalqaro bozorga chiqarish uchun katta imkoniyatlar yaratishiga ishonamiz.
2021-09-22