TATU Fargʻona filialida inkubatsiya markazi ochildi

2021-yil 29-iyun sanasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida inkubatsiya markazi ochildi.

Inkubatsiya markazining ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari Fayzulla Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Yusufbek Gʻofurov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali direktori Akbarali Rasulov va IT Parkʼning Fargʻona filiali rahbari Bahromjon Jalilov ishtirok etdilar.

Inkubatsiya markazi faoliyati oʻquvchilarni oʻz innovatsion gʻoyalari bilan oʻqituvchilar va mutaxassislar yordamida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tayyorlashdan iborat.
 

Universitetdagi inkubatsiya markazida har chorakda inkubatsiya dasturlari, Hack4Region xakatonlari, ideatonlar, tanlovlar, seminarlar, veb-seminarlar, master-klasslar va boshqalar oʻtkaziladi.

 

2021-yil oxiriga qadar IT Park universitet bilan birgalikda 20 ga yaqin loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

2021-07-01