Teleperformance nemis tilida so‘zlasha oladigan mutaxassislar uchun O‘zbekistonda call-markaz tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

IT Park vakillari O‘zbekistonda biznes yuritishning afzalliklari, shuningdek, kadrlar salohiyati, jumladan, nemis tilida so‘zlashuvchi xodimlarning mavjudligi haqida taqdimot o‘tkazdilar.

“Teleperformance” kompaniyasining alohida e’tiborini IT-rezidentlar uchun mo‘ljallangan imtiyozli sharoitlar (0% daromad solig‘i, soddalashtirilgan rasmiylashtirish), bozorga kirish modeli sifatida Zero Risk dasturi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi ko‘p tilli xizmatlarni ko‘rsatish markazi sifatidagi salohiyati tortdi.

Keyingi bosqichda“ Teleperformance” kompaniyaning HR jamoasi bilan ichki baholash va muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, kompaniyaning HR bo‘limi rahbari ishtirokida nomzodlar bilan suhbatlar tashkil qiladi.

“Teleperformance” bilan olib borilgan muzokaralar O‘zbekistonning autsorsing sohasidagi global ishtirokchilar uchun tobora jozibador bo‘lib borayotganini tasdiqlaydi. Malakali kadrlar, imtiyozli shart-sharoitlar va ko‘p tilli muhitning noyob uyg‘unligi mamlakatda xalqaro mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

 

IT Park Uzbekistan yirik xalqaro kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda va mamlakatning IT sohasiga investitsiyalar kiritish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda.

2025-04-22