Texnik sharh: AirPods’ning yangi funksiyalari, Koreya yumshoq robotlari va boshqalar

Haftalik ruknimiz doirasida texnologiyalar olamidagi dolzarb yangiliklarning yangi sonini taqdim etamiz. Ushbu sonda siz AirPods oʻz egalarini aniqlashga qanday yordam berishini, Koreyada nima uchun yumshoq robotlar yaratilayotgani, Spotify qanday qilib daromadni oshirishni rejalashtirayotgani va 2023-yilda qaysi dasturlash tillari eng mashhur boʻlganini bilib olasiz.

  1. Koreyada oʻzidan keyin faqatgina moysimon suyuqlik qoldirib, oʻzini-oʻzi yoʻq qila oladigan yumshoq robotlar ishlab chiqildi

Ushbu kuchli deformatsiyalanuvchi va toʻliq parchalanadigan yuruvchi robotlar xavfli hududlarda kuzatuv, razvedka va qidiruv missiyalarida qoʻllanilishi mumkin.

Koreyalik tadqiqotchilar silikon qatronini ultrabinafsha nurlar taʼsirida ftorid ionlarini chiqaradigan modda bilan qoplashdi. Operatorlar oʻrnatilgan ultrabinafsha-svetodiodlarni ishga tushirganda, modda qiziydi va robot parchalanadi. Bu jarayon ikki soatdan kamroq vaqt oladi va robotdan faqat moyli suyuqlik qoladi.
 

  1. Python 2023-yilning eng mashhur dasturlash tili sifatida tan olindi

Elektrotexnika va elektronika muhandislari institutining IEEE Spectrum jurnali dasturlash tillarining ommabopligi boʻyicha oʻz reytingini eʼlon qildi.

Axborot toʻplash uchun ixtisoslashgan platformalarda dasturlash tillarini eslab oʻtish boʻyicha maʼlumotlarni qoʻlda qidirish va yigʻish usuli qoʻllanilgan.

IEEE Spektr reytingi uchta toifaga boʻlingan:

  • IEEE hamjamiyatining odatiy aʼzolari va faol dasturiy taʼminot muhandislari orasida keng foydalaniladigan tillar. Ushbu turkumda Python, Java, C++, C, JavaScript eng yaxshi tillar beshtaligiga kirgan;
  • Ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan tillar. Bu yerda birinchi oʻrinda SQL, undan keyin Python va Java turadi;
  • Trenddagi tillar. Ushbu turkumda Python, Java va JavaScript kuchli uchlikni egallab turibdi.
     
  1. Spotify “oq shovqin” dan foydalanadigan podkast mualliflariga reklama toʻlovlarini cheklaydi

Bu haqda kompaniya kontent yaratuvchilarga tinglash statistikasi asosida haq toʻlaydigan Ambassador Ads dasturida maʼlum qildi. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, baʼzi podkasterlar dastur orqali oyiga 18 ming dollargacha daromad olishadi.

1-oktyabrdan boshlab “oq shovqin” podkasterlari (bu turkumga yomgʻirning tinchlantiruvchi tovushlari, toʻlqinlar tovushi va hokazolarni oʻz ichiga olgan kontent kiradi) endilikda loyihada ishtirok eta olmaydi. Kompaniyaning hisob-kitoblariga koʻra, “oq shovqin” ni olib tashlash va tinglovchilarni boshqa kontentga yoʻnaltirish 38 million dollar foyda keltiradi. Biroq, “oq shovqin” podkasterlari platformada pullik obunachilar, tinglovchilar xayriyalari va avtomatlashtirilgan reklama orqali pul topishlari mumkin boʻladi.
 

  1. Apple AirPods orqali egasini identifikatsiya qilish texnologiyasini patentladi

Misol uchun, agar quloqchinlar foydalanuvchini taniy olmasa, ular matnli xabarlarni yuboruvchi Siri yordamchisi kabi shaxsiy maʼlumotlarni avtomatik ravishda bloklaydi.

Foydalanuvchini aniqlash uchun tizim quloqchinlarni iPhone va Apple Watch bilan birlashtiradi. Uchala qurilma ham harakatlarni kuzatib boradi va natijalarni taqqoslaydi.

Bundan tashqari, qurilmalar audio chiqishidan uzatiladigan ultratovush signali tufayli oʻzaro uyg’unlashadi. Masalan, iPhone quloqchinlarini taqqaningizda, ular bir birini tanib olishi kerak boʻlgan signal ishga tushadi.

Shunday qilib, Apple foydalanuvchining barcha qurilmalari bir-biridan unchalik uzoq boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Kompaniya quloqchinlar kimgadir berib turilgan yoki oʻgʻirlangan boʻlsa, tizim qanday ishlashiga aniqlik kiritmagan.

2023-09-08