Texnik sharh: Lenovo oʻyin konsoli, korporativ ChatGPT va yangi iPhone

Texnologiyalar tinimsiz oldinga siljimoqda. Texnologiyalar olamidagi so‘ngi yangiliklar toʻplamida Lenovoning yangi oʻyin konsoli qanday koʻrinishini, Google allergiya bilan ogʻrigan insonlarga qanday yordam berishini, Apple sentabr oyida nimani taqdim etishni rejalashtirayotgani va boshqalarni koʻrib chiqamiz.

  1. Microsoft sunʼiy intellektni oʻrgatishga “fikrlash algoritmi” ni kiritmoqda

Microsoft kompaniyasi “Fikrlash algoritmi” (AoT) deb nomlangan sunʼiy intellektni oʻrgatishning yangi usulini taqdim etdi.

Uning asosiy maqsadi ChatGPT kabi til modellarini fikrlash qobiliyati jihatidan inson miyasiga yanada oʻxshash qilishdir. Buning uchun AoT usuli modelni muammolarni hal qilishning turli usullarini tizimli ravishda koʻrib chiqishga oʻrgatish uchun “kontekstli oʻqitish” dan foydalanadi.

AoT “Fikrlar zanjiri” yondashuvi kabi zamonaviy kontekstli oʻqitish usullarining cheklovlarini yoʻq qiladi va algoritmik misollardan foydalangan holda natijalarni yanada ishonchli qiladi.

AOT til modellari doirasida fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun intuitiv idrok va uyushgan tadqiqotlarni birlashtiradi. Bunday gibrid usul modelga inson xotirasidagi cheklovlarni yengib oʻtishga va gʻoyalarni har tomonlama tahlil qilish imkonini beradi.

  1. Lenovo oʻzining AR (kengaytirilgan reallik) koʻzoynakli Legion Go portativ oʻyin konsolini taqdim etadi

Uning taqdimoti 1-sentabr kuni IFA 2023 koʻrgazmasida boʻlib oʻtadi. Konsol oktabr oyida sotuvga chiqariladi va eʼlon qilingan narxi 799 dollar.

Kontrollerlar bilan konsolning umumiy ogʻirligi 854 grammni tashkil qiladi. Qurilma 49,2 Vt*soat sig‘imli batareya bilan ishlaydi va 65 Vt quvvatga ega zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.

Lenovo Legion Go 3,5 mm kombinatsiyalangan audio uyasi, ikkita USB Type-C porti va microSD uyasiga ega boʻladi. Shuningdek, u Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.2, OC: Windows 11 Homeʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

Shu bilan birga, geymerlarga mikro-OLED (1080p) ekranlar, USB-C va oʻrnatilgan dinamiklar ega Legion Glasses markali kengaytirilgan reallik koʻzoynaklari taklif etiladi.

  1. OpenAI korporativ foydalanuvchilar uchun yirik GPT-4 til modeliga asoslangan ChatGPT Enterprise versiyasini chiqardi

OpenAI maʼlumotlariga koʻra, ChatGPT ishga tushirilgandan soʻng, Fortune 500 kompaniyalarining 80% dan ortigʻi (Fortune jurnali tomonidan tuzilgan AQShning 500 ta eng yirik daromadli kompaniyalar roʻyxati) oʻz ishlarida chatbotni faol ravishda qoʻllay boshladilar, bu esa korporativ muhit uchun maxsus tarif yaratishga turtki boʻldi.

ChatGPT Enterprise uni korporativ mijozlar uchun ideal vositaga aylantiradigan bir qator xususiyatlarni taklif etadi:

  • tizim oʻqitish uchun foydalanuvchi maʼlumotlaridan foydalanmaydi, barcha maʼlumotlar kompaniya tomonidan toʻliq nazorat qilinadi;
  • generatsiya cheklovlarni olib tashlash;
  • foydalanuvchilarning toʻrt barobar koʻproq maʼlumotlarni qayta ishlashga qodir modelga kirish imkoniyati;
  • ChatGPTʼni kompaniyaning individual maqsadlariga toʻliq moslashtirish uchun API integratsiyasi va boshqalar.

OpenAI veb-sayti hozirda uchta tarif rejasini taqdim etadi: GPT-3.5 modeliga kirish huquqiga ega bepul Free varianti; plaginlarni qoʻllab-quvvatlovchi kengaytirilgan Plus tarifi, yangilanishlarga erta kirish va oyiga 20 dollar evaziga GPT-4; va Enterprise tarifi, uning narxi soʻrov boʻyicha OpenAI savdo guruhi tomonidan alohida hisoblab chiqiladi.

  1. Google butun dunyo boʻylab gulchanglar va allergenlar darajasi haqida maʼlumot olish uchun Pollen APIʼni taqdim etdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisining taxminan uchdan bir qismi allergiyadan aziyat chekmoqda. Yangi vosita odamlarga yangilangan maʼlumotlarni olish va sogʻligʻini saqlash uchun tegishli choralarni koʻrishga yordam beradi.

API mashinali oʻqitish modeli asosida ishlaydi va mahalliy gulchanglarning tarqalishi, hududdagi global allergen indeksi, gullaydigan oʻsimlik turlari tavsifi va haftaning har bir kuni uchun moslashtirilgan tavsiyalarga ega interaktiv xaritalarni taqdim etadi.

  1. 12-sentabr kuni Appleʼning kuzgi taqdimoti boʻlib oʻtadi

Wonderlust deb nomlangan tadbir 12-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Kompaniya iPhone 15 liniyasi va yangi Apple Watchʼni taqdim etishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, iPhone 15‌ liniyasi asosiy modeldan tashqari Plus, Pro va Pro‌ Max modellarini oʻz ichiga oladi. Ularning barchasi Dynamic Island, Qualcomm kompaniyasining yangilangan 5G chipi va Lightning oʻrniga USB-C portiga ega boʻladi.

Shuningdek, Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultraʼning yangi versiyasi ham namoyish etiladi.

2023-08-31