Haftalik ruknimizda texnologiya olamidagi soʻnggi yangiliklarni siz bilan boʻlishishda davom etamiz. Navbatdagi sonda Meta’dan tarjimon, Paint’ning yangi imkoniyatlari, nima uchun TikTok reklama beruvchilar uchun foydali bo'lishi va Excel’da ma'lumotlar tahlili qanday yaxshilanishi haqida gaplashamiz.
Hozirda audio tarjima faqatgina 35 tilda mavjud. Model bir vaqtning oʻzida bir nechta tillarda maʼlumotlarni qayta ishlashga qodir. Ochiq kodli loyiha GitHubʼda mavjud.
Demo versiyasidan foydalanish uchun tinch muhitda, 15 soniyagacha boʻlgan jumlani tanlangan tilda gapirishingiz va tarjima qilish uchun uchtagacha tilni tanlashingiz kerak. Shundan soʻng transkripsiya va audio tarjima mavjud boʻladi. Tadqiqotchilar eksperimental tabiati tufayli tarjimadagi mumkin boʻlgan noaniqliklar haqida ogohlantiradi va xatoliklar haqida xabar berishni soʻraydilar.
Endilikda foydalanuvchilar Excel maʼlumotlarini Python grafiklari va kutubxonalari yordamida boshqarishi, Excel formulalari, diagrammalari va jadvallaridan esa keyingi ishlarida foydalanishlari mumkin boʻladi.
Pythonʼga toʻgʻridan-toʻgʻri Excel tasmasidan kirish orqali tanish muhitda kengaytirilgan maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish mumkin boʻladi.
Funksiya dastlab Windows uchun Excel dasturida, keyinchalik boshqa platformalarda ham mavjud boʻladi.
Bu shuni anglatadiki, platformada videolarni qidirish paytida foydalanuvchilar reklamalarni ham koʻrishadi.
Reklama materiallarining oʻzi brendlar platformada joylashtiradigan boshqa videoroliklardan olinadi. Reklama homiylik kontenti sifatida belgilanadi. Ushbu yangilik reklama beruvchilar uchun foydali boʻlishi mumkin, chunki yoshlar TikTokʼdan tovarlar, restoranlar va boshqa narsalar boʻyicha tavsiyalarni qidirish uchun tobora koʻproq foydalanishmoqda, bu esa uni Googleʼga muqobil qilib qoʻyadi.
Ushbu vosita matn yordamida rasmlarni yaratish, soʻngra ularni tahrirlash imkonini beradi.
Sunʼiy intellekt “Fotosuratlar”, “Kamera” va “Qaychi” ilovalariga ham qoʻshiladi. “Fotosuratlar” da SI funksiyasi tasvirlardagi obyektlarni aniqlashi va ularni boshqa yerga joylashtirish uchun kesib tashlashi mumkin.
“Qaychi” va “Kamera” ilovalari optik belgilarni aniqlash funksiyasini olishi mumkin, bu esa ushbu fayllardan maʼlumotlarni nusxalash va joylashtirishni osonlashtiradi.
2023-08-25