Joriy yilning 25-iyun kuni Toshkent shahridagi Gyote institutida “GameDev Goethe 2021” o‘yin yaratish inkubatori ikkinchi mavsumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Yopilish marosimi doirasida jamoalar tomonidan 3 oylik dastur davomida yaratilgan o‘yinlarni namoyish etish uchun Open-Air ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlar bo‘yicha 15 dan ortiq mobil va kompyuter o‘yinlari, shu jumladan bir nechta ta’lim sohasiga oid o‘yinlar namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “GameDev Goethe” - bu o‘yin yaratish bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk inkubator. Loyihaning maqsadi - o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi. Loyiha IT Park ko‘magida Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan tashkil etildi.
2020-yilda bo‘lib o‘tgan inkubatorning birinchi mavsumiga kutilgandan ko‘proq, ya’ni 550 ta ariza kelib tushdi. Inkubatorning ikkinchi mavsumida qatnashish istagini bildirganlar soni esa 700 dan ziyod.
Tashkilotchilar o‘yin yaratish sohasiga qiziqadigan jurnalistlarni, blogerlarni hamda tadbirkorlarni yopiq matbuot anjumaniga taklif etadi. Matbuot anjumani ko‘rgazma boshlanishidan oldin soat 18:30 da Gyote Institutida bo‘lib o‘tadi.
25-iyun soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumani dasturi:
18:00 - O‘yin yaratish inkubatori to‘g‘risida qisqa taqdimot, ikkinchi mavsum sarhisobi va GameDev sohasini O‘zbekistonda kelgusi uch yil ichida rivojlantirish rejasi
18:30 - Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan o‘yinlar namoyishi
18:45 - Kofe breyk va netvorking
Tadbirda qatnashish uchun uchta sabab:
- ajoyib muhit va kofe-breykdan zavqlanish;
- IT, o‘yin yaratish va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan kreativ va ajoyib kishilar bilan tanishish;
- “GameDev Goethe” o‘yin yaratish inkubatori a’zolari tomonidan yaratilgan o‘yinlarni sinovdan o‘tkazish.
Kirish bepul. Barchangizni kutib qolamiz!
2021-06-18