TIUE talabalari IT Parkʼga tashrif buyurishdi

2022-yil 12-aprel kuni Toshkent xalqaro ta’lim universiteti (TIUE) talabalari IT Parkʼga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad – ymaqsad-yosh mutaxassislarni oʻz kasbiy taqdirini oʻzi belgilash, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, hamda, IT sohasidagi ishlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashkilot faoliyati bilan tanishishdir.

Talabalar uchun IT Parkʼda ekskursiya tashkil etildi.  Ekskursiya davomida IT Park xodimlari talabalarga tashkilot faoliyati haqida so‘zlab berdilar, musobaqalar, xakatonlar, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari haqida maʼlumot berdilar.

Bundan tashqari, mehmonlarga IT-Markazlaridaga mavjud kurslar haqida va rezident-kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi.

Bunday amaliyotlar talabalarga kelajakda qaysi sohada o‘z kasbiy kompetensiyalarini ro‘yobga chiqarishlarini tushunish imkonini beradi.

2022-04-13