Toshkent shahrida “AWS Community Day Central Asia 2024” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

26-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida “AWS Community Day Central Asia 2024” konferensiyasi boʻlib oʻtadi — bulutli texnologiyalarga bagʻishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik konferensiya Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning “AWS User Group” hamjamiyatlari tomonidan tashkil etiladi.

Kun davomida “AWS Community Day” ishtirokchilari taqdimotlar, texnik maʼruzalar va netvorking sessiyalarini oʻz ichiga olgan dasturda qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi. Norvegiya, Germaniya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ukraina kabi turli mamlakatlardan kelgan 18 dan ortiq maʼruzachilar oʻz tajriba va bilimlari bilan oʻrtoqlashadilar. Ular orasida “Amazon Web Services”, “EPAM”, “Bank of Georgia”, “Alif Bank” va “TBC” kompaniyalari mutaxassislari bor. Ular AI/ML, Data Engineering, FinOps, DevOps, Serverless, Security mavzulari boʻyicha maʼruzalar, shuningdek biznes keyslarni taqdim etadilar.

Tadbir “Amazon Web Services”, “EPAM”, IT Park, “qCloudy” va Toshkent shahridagi Inha universiteti koʻmagida oʻtkaziladi.

Konferensiyada ishtirok etish bepul. Dastur, maʼruzachilar va roʻyxatdan oʻtish boʻyicha batafsil maʼlumot konferensiyaning rasmiy veb-saytida mavjud.

2024-04-08