Toshkent shahridagi Amity universitetida dasturchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 6-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida dasturchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib olishadi:

1. Birinchi buyurtmani qanday olish mumkin.

2. Dasturlash tillarini tahlil qilish.

3. O‘zbekistonda dasturchining istiqbollari.

4. Boshlang‘ich dasturchilar uchun qo‘shimcha manbalar.

5. Xalqaro IT tashkilotlarga qanday qo‘shilish mumkin?

Uchrashuv dasturlashga qiziqadigan va shu sohada rivojlanishni xohlaydiganlar uchun foydali bo‘ladi.

Uchrashuv spikerlari quyidagi tajribali mahalliy dasturchilardan iborat:

Otabek Abdug‘aniyev

2016-yildan buyon IT sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunga qadar Otabek 30 dan ortiq loyihaning ustida ishlagan. Ayni damda u Fond bozorining Axborot-resurs markazida (full-stack) veb-dasturchi sifatida ishlaydi hamda “ABDUGANIEV TECHNOLOGY” nomli kichik xususiy kompaniyaga egalik qiladi.

Shoxrux Mirazov

2017-yildan beri veb-dasturlash sohasida ishlaydi. TEAM University, UJC, Jns lab, Ipoteka banki, Ishq.uk bilan ishlagan. Hozirgi kunda Shoxrux DataSite Technology kompaniyasi team lideri hisoblanadi.

Sardor Islomov

5 yildan ortiq tajribaga ega, veb va mobil aloqalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan Senior dasturchi. Sardor o‘zini Internetidagi savdodan tortib elektron tijoratgacha turli xil loyihalarda sinab ko‘rgan. Ayni damda u “StringFlix” kompaniyasida Senior dasturchi sifatida ishlaydi.

Ulugbek Samigjonov

Full-Stack’da veb-dasturlash bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan Senior dasturchi. Python, JavaScript va NodeJS, TypeScript, Angular va ReactJS dasturlarini yaxshi biladi.

Odiljon Muhammadov

Uch yillik tajribaga ega EPAM tizimidagi JavaScript dasturchisi.

Barcha spikerlar tajribali, ulkan bilim va tajribaga ega mutaxassislardir.

Tadbir o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

Vaqt: soat 11:00 da

Qolaversa, quyidagi havola orqali onlayn translyatsiyani ko‘rishingiz mumkin:

Uchrashuvda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://clck.ru/TWecw

 

2021-03-02