Toshkent shahridagi Amity Universitetida inkubatsiya markazining ochilishi!

2020-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti qoshidagi inkubatsiya markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Inkubatsiya markazining ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov, Toshkent shahridagi Amity universiteti boshqaruv direktori vazifasini bajaruvchi Bobur Abdullaev, inkubatsiya markazi koordinatori Ulugʻbek Muhammadjonov hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunga kelib Universitet talabalari o‘zlarining bir qator loyihalari bilan ko‘pchilik nazariga tushishga ulgurdi.


Oʻz navbatida, Universitetda tashkil etilgan inkubatsiya markazi talabalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning gʻoyalarini haqiqiy biznes mahsulotlariga aylantirish uchun shart-sharoitlarni yaratib berishga xizmat qiladi.

Inkubatsiya markazi faoliyati doirasida, talabalarning biznes loyihalarni tadbiq qilish hamda malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan uzviy aloqa ornatish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Yana bir muhim voqea – bu Universitet qoshidagi faxriy maslahatchilar jamiyatining tashkilot etilayotgani boʻlib, u Universitetni yanada rivojlantirish boyicha takliflar ishlab chiqish, talim bilan ishlab chiqarishning uzviyligini taminlash kabi bir qator muhim vazifalarni oʻz oldiga qoygan.

 “Mazkur markaz olgan bilimlaringizni amaliyotda sinab korish uchun munosib maydonchaga, Jamiyat esa Sizlarning doimiy maslahatchingizga aylanadi” — dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov.

Inkubatsiya markazini ochishdan asosiy maqsad - bu talabalar o‘rtasida boshlang‘ich biznes g‘oya va tadbirkorlikni tadbiq qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, biznes loyihalar ustida ishlash, biznes-rejalarni ishlab chiqish, malakali mutaxassislar bilan har tomonlama hamkorlikni yolga qoyish, shuningdek, talabalarning bilimlarni takomillashtirishdir.

2020-12-21