Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida inkubatsiya markazi ishga tushirildi!

Joriy yilning 29-iyun kuni Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida inkubatsiya markazining onlayn tarzda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IT Park va universitet vakillari, shuningdek, maxsus taklif qilingan mehmon - Express24 va MyTaxi asoschisi Akmal Payziyev ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar inkubatsiya markazi, IT Park faoliyati, shuningdek ushbu inkubatsiya markazi doirasida amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

IT Park xodimi, inkubatsiya markazi koordinatori Oydin Karimova inkubatsiya markazi chuqurlashtirilgan ta’limdan tortib maqsad qo‘yish va doimiy ravishda aloqaga chiqishni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, talabalar, inkubatsiya markazi hisobiga barcha faoliyat sohalari mutaxassislari - ayniqsa, ish topishda foydali bo‘ladigan mutaxassislar ishtirokida turli xil seminar va konferensiyalarda ishtirok etish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladi.

Inkubatsiya markazi talabalarga o‘z loyihalarini erkin amalga oshirish, kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va istiqbolli startap loyihalarni yaratish imkoniyatini beradi.

Ma’lumot o‘rnida:

Respublikamizning quyidagi OTMlarida inkubatsiya markazlari ishga tushirilgan:

- Toshkent shahridagi Inha universiteti;

- Tashkent shahridagi Amity universiteti;

- Toshkent moliya instituti;

- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

- Toshkent shahrida G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filiali;

- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;

- Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali;

- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

- Andijon davlat tibbiyot instituti;

 - Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

2021-07-05