Toshkentda “Banklar va chakana savdo. Raqamli transformatsiya va oʻzaro hamkorlik» PLAS-Forumi boʻlib oʻtadi

2022-yilning 25-26-may kunlari Toshkent shahrida IT Park hamkori sanalmish “Banklar va chakana savdo. Raqamli transformatsiya va oʻzaro hamkorlik» PLAS-Forumi boʻlib oʻtadi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berish, bank-moliya texnologiyalari sohasida Rossiya-O‘zbekiston va umuman, xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish.

PLAS-Forum ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?

Forum dasturidan bank va chakana savdoni rivojlantirish hamda raqamli transformatsiya, O‘zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Tadbir yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Konferensiya doirasida delegatlar va taklif etilgan ekspertlar, yechim va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida one-by-one ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda, shuningdek, soha mutaxassislari o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar. Innovatsiyalar ko‘rgazmasi davomida esa yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Forum maxsus mehmoni bank va chakana savdo sektorlarida biznesni rivojlantirish va transformatsiyalar bo‘yicha xalqaro amaliyot eksperti Maykl Rekman.

PLAS-Forum davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi milliy to‘lov tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlari. Markaziy Osiyo mamlakatlari trendlari
  • Global raqamlashtirish jarayonida bank va chakana savdoni raqamlashtirish
  • Islomiy moliya yo‘nalishlardan biri sifatida
  • Bank kartalari. Tokenlashtirish va virtuallashtirish
  • Markaziy banklarning raqamli valyutalari loyihalari. Boshlang‘ich loyihalar. Natijalar
  • Biometriya va identifikatsiya. Rol. Manzil. Istiqbollar.
  • Raqamli xizmatlar. Raqamli ipoteka, raqamli kreditlash va iste’molchi kreditlari. Istiqbolli bozorlarda biznes modellar
  • Bankomatlar va POS-terminal tarmoqlari. Banklar, chakana savdo, sotuvchilar nuqtayi nazari
  • Chakana bank IT landshafti 2022
  • Ekvayring biznes strategiyalari
  • Chakana savdo uchun bank texnologiyalari
  • Elektron tijorat va uning mamlakat bozorlarini rivojlantirishdagi roli
  • Chakana savdo transformatsiyasi. Muammolar va bozorning barqaror rivojlanishi

Delegat, ma’ruzachi yoki homiyga aylanish hamda forum imtiyozlari va ishtirok etish yo‘llari bilan tanishish uchun quyidagi havola boʻylab o‘ting:

Ma’ruza bilan ishtirok etish
Hamkorga aylanish
Roʻyxatdan oʻtish

2022-04-21