Toshkentda “Tumaris.Tech Expo” startaplar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi!

Joriy yilning 17-aprel kuni Toshkentda “Tumaris. Tech Expo” startaplar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida butun O‘zbekistondan kelgan 40 ta istiqbolli texnologik loyiha namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada IT Park direktori Farhod Ibragimov, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, O‘zbekiston yirik kompaniyalari vakillari, OAV, bloggerlar, investorlar, O‘zbekistondagi tadbirkorlar hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etadi.

Mazkur tadbirning maqsadi keng va ixtisoslashgan auditoriyaga texnologik tadbirkorlar tomonidan innovatsion ishlanmalarni va taqdimotlarni namoyish etish hamda loyihaning uch qismini (o‘quv kurslari, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, biznes angellar maktabini) kelgusi o‘zaro ta’siri uchun birlashtirishdir.

Ko‘rgazma davomida MedTech, FinTech, E-commerce, EdTech, Lifestyle service, AutoTech, AgroTech, Tourism, Social Tech, HR Tech va TechNet yo‘nalishlari bo‘yicha startaplar namoyish etiladi.

Mehmonlarimizni ko‘rgazmada nimalar kutmoqda?

•  qiziqarli loyihalar;

•  startap chiqishlari

•  netvorking;

•  ajoyib musiqa;

•  shirinliklar.

•  va yoqimli biznes muhit.

Ma’lumot uchun:

2020-yil iyul oyida IT Park tomonidan “Tumaris.Tech” loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari quyidagi 3 ta yo‘nalish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi:

•  o‘quv kurslari;

•  inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari;

•  biznes angellar maktabi.

Dastur Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha USAID dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Biz ushbu tadbir orqali biznesmenlar, tadbirkorlar, investorlar, startap asoschilari va boshqa mutaxassislarga o‘zaro netvorkingni yo‘lga qo‘yishlari, shuningdek, aloqa o‘rnatish va muloqot qilish orqali tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida boshini qo‘shmoqchimiz.
Vaqt: 10:30 – 14:40.  
O‘tkazilish joyi: Amity University.

Tadbir dasturini quyidagi havola orqali topasiz: https://cutt.ly/gcD4qXL


Ishtirok etish uchun, avvalo ro‘yxatdan o‘ting: https://clck.ru/TvJaP
 

2021-04-07