26-oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” haftaligining uchinchi kuni doirasida Toshkentda Oʻzbekistonda IT-autsorsingni rivojlantirish istiqbollarini ilgari surish maqsadida tashkil etilgan “Uzbekistan Outsourcing Forum” boʻlib oʻtdi. Tadbirda xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalarning 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Forum Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyatiga bagʻishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi, shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kirish nutqi bilan soʻzga chiqdi.
Keyingi so‘z IT Park bosh direktori Farhod Ibragimovga berildi. U xalqaro IT-autsorsing imkoniyatlarini kengaytirish, Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati, shuningdek, xorijiy kompaniyalarga eng qulay va hech qanday xavf-xatarsiz Oʻzbekiston bozoriga kirishga yordam beruvchi misli koʻrilmagan soliq imtiyozlari va IT Park dasturlari haqida gapirib berdi.
“Joriy yildan boshlab IT Park ikkita asosiy vazifaga eʼtibor qaratmoqda: mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorga chiqishini qoʻllab-quvvatlash va xorijiy kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilish.
Endilikda eksportga yoʻnaltirilgan rezidentlarimiz eksklyuziv xizmatlarning keng qamrovli toʻplami boʻlgan “All-in-one” dasturidan foydalanishlari mumkin.
Dastur maxsus shaxsiy menejer va 24 soatlik qoʻllab-quvvatlash xizmati, shuningdek, xodimlarni tanlashda yordam berish, infratuzilma, yuridik, buxgalteriya va bank xizmatlari, internetga uzluksiz kirishni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, IT Park rezidentlari barcha turdagi korporativ soliqlardan ozod qilingan va faqat daromad soligʻini 7,5% imtiyozli stavkada toʻlashadi. Balki bu borada Oʻzbekiston dunyodagi eng jozibali davlatdir”.
IT-Park rahbari ushbu dastur va preferensiyalarning barchasidan asosiy maqsad Oʻzbekistondan IT-xizmatlar eksportini yiliga 5 milliard dollarga yetkazish ekanligini taʼkidladi.
Forum doirasida xorijiy maʼruzachilarning taqdimotlari ham boʻlib oʻtdi.
Biznes maslahatchi va publitsist Loren Moss Oʻzbekiston autsorsing bozorining jozibadorligi haqida gapirdi.
“Oʻzbekistondagi oʻzgarishlar 2016-yilda boshlangan va bu hayratlanarli. Bu yerda axborot texnologiyalari strategik yoʻnalishga aylanmoqda. Mamlakatda ishlashga tayyor va ishtiyoqli, tegishli malakaga ega isteʼdodlar mavjud.
Bu yerga birinchi marta kelganimda, menga tarjimon kerak, deb oʻylagandim, lekin yoʻq — bu yerda ingliz tili allaqachon ikkinchi tilga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda arzon ishchi kuchi va yosh mehnatga layoqatli aholi mavjud”.
Tadbirkor va maslahatchi Endryu Robl BPO sohasidagi global tendentsiyalar va ularning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida umumiy maʼlumot berdi.
“UNIDO Korea” rahbari Mengho Shin “Oʻzbekiston IT- sanoatining kelajakdagi rivojlanishi istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi.
“Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning IT-sohasi raqamlashtirish dasturlarini keng joriy etish tufayli sezilarli oʻsishni koʻrsatdi. Bu ITʼning mamlakatda yetakchi sohaga aylanishiga olib keldi.
Taʼlimga sarmoya kiritish, mening fikrimcha, ichki va global miqyosda raqobatbardosh ishchi kuchini rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Koreyaning ayrim universitetlari, xususiy kompaniyalari va davlat idoralari Oʻzbekistonda IT-iqtidorlarini rivojlantirishga hissa qoʻshayotganini mamnuniyat bilan qayd etaman”.
Tadbir soʻnggida panel muhokamasi boʻlib, unda ishtirokchilar kadrlar zaxirasi, rivojlanish strategiyalari, shuningdek, bugungi kunda Oʻzbekiston oldida turgan imkoniyatlar va muammolar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishdi.
Unda quyidagilar ishtirok etishdi:
2023-10-26