Toshkentda yangi Plug and Play ofisi ochiladi

2023-yil 6-may kuni poytaxtda yangi Plug and Play ofisining ochilish marosimi bolib otadi.

Plug and Play dunyodagi etakchi innovatsion platformalardan biri boʻlib, startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat muassasalarini birlashtiradi.

Tadbirda EMEA mintaqasidagi Plug and Play Tech Center boshqaruvchi hamkori Sina Amidhozur, Plug and Play Tech Center hamkori Sasha Karimpur, Plug and Play Uzbekistan asoschisi va direktori Feliks Lammers, asoschi hamkorlar qatorida esa Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Aloqabank raisi Kammuna Irisbekova, IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov, shuningdek, Raiffeisen Bank kabi xorijiy hamkorlar ishtirok etadilar. Tadbirda 300 dan ortiq tadbirkorlar, investorlar, ekspertlar va qaror qabul qiluvchi shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ofis ochish mahalliy korporatsiyalar va agentliklar uchun koʻproq imkoniyatlar yaratish, shuningdek, mamlakatda startaplarning rivojlanishini jadallashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, “Plug and Play” bilan hamkorlik mahalliy startaplarga xalqaro bozorga chiqishga yordam beradi.

Tadbir davomida FinTech va InsureTech boʻyicha panel muhokamalari kutilmoqda, ularning moderatorlari Frankfurtdagi FinTech hamkorlik boʻyicha katta menejeri Alfredo Gomes Soria va Myunxendagi Insurtech direktori Kseniya Poppe boʻladi.

Ushbu eksklyuziv tadbirning aʼzosi boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! Roʻyxatdan oʻtish quyidagi havola orqali:   https://plugandplaytc.typeform.com/launcheventuz

Plug and Play kompaniyasi haqida

Plug and Play korporativ innovatsion dasturlarni taklif qiladi va korporativ hamkorlarga innovatsion sayohatining har bir bosqichida, o‘rganishdan tortib to amalga oshirishgacha yordam beradi.

2006-yilda tashkil etilganidan buyon Plug and Play dasturlari global miqyosda kengaydi va hozirda dunyoning 30 dan ortiq joylarida mavjud boʻlib, startaplarga Kremniy vodiysida va undan tashqarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan resurslarni taqdim etadi. 10 000 dan ziyod startaplar va 1 400 ta rasmiy korporativ hamkorlar bilan kompaniya ko‘plab sohalarda mukammal startap ekotizimini yaratdi.

2023-05-01